10/02/2025
🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-sonli akademik litseyi matematika fanini o'qitish bo'yicha xalqaro miqyosda e'tirof etilgan, kuchli 1000 talikka kirgan Turkiyaning "Kabataş erkek" litseyi bilan 2024-yil 10-oktabrda xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida ikki tomonlama memorandum imzolagan edi.
🇹🇷2025-yil 5-fevral kuni TDIU 2-sonli akademik litseyi jamoasi memorandum asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirda ko'zda tutilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish, "Kabataş erkek" litseyi faoliyati bilan yaqindan tanishish, aniq fanlar va xorijiy tillarni o'qitishdagi ustuvor jihatlarni o'rganish, o'quv-uslubiy adabiyotlarni tadqiq qilish "Kabataş erkek" litseyida o'tkazilayotgan seminar-konferensiyada ishtirok etish, qolaversa, Turkiya ta'lim tizimining ustuvor xususiyatlarini o'rganish maqsadida Turkiya davlatining Istanbul shahrida joylashgan "Kabataş erkek" litseyiga tashrif buyurishdi.
🔹Mazkur amaliy tashrif vakillarini "Kabataş erkek" litseyining direktori Muharrim Bayrak janoblari kutib oldilar. Muharrim Bayrak janoblari litsey jamoasini Turkiyaga amaliy tashriflari bilan qutlab, "Kabataş erkek" akademik litseyining 1908-yilda tashkil etilgani, litsey muzeyi, arxivi va akademik litseydan chiqqan buyuk turk allomalari haqida gapirdi.
🔸Shundan so'ng "Kabataş erkek" litseyining Vakif mudiri Ahmet Chag'lar bilan ham uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda Vakif vazifalari va qanday maqsadda ish olib borish jarayoni haqida suhbat olib borildi.
Tashrif davomida TDIU 2-sonli akademik litseyi ijrochi direktori D.T.Komilova ta'lim sohasiga oid mas’ul shaxslar bilan muzokaralar olib bordilar:
📝Istanbul Beshiktash hokimi Og'uzhan Bingol bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvda O'zbekiston va Turkiya Respublikasidagi ta'lim tizimi, o'qish jarayonlarining o'xshash va farqli jihatlari haqida suhbatlashildi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga ajratilgan imkoniyatlar va ularning o'qishi uchun berilayotgan ustuvorliklar haqida e'tirof etildi;
📝Istanbul tuman ta'lim vaziri (Kabatash maorifi) Sedat Ishik bilan suhbat olib borildi.
Ushbu suhbatda Turkiyaning ta'lim tizimi va uning us