Nizomiy

Nizomiy

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Nizomiy, Education, Tashkent.

Photos from Nizomiy's post 02/04/2022

⭕️

USAIDning “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan yangi darslik va o‘qituvchi qo'llanmalarni tanishtirdi.

USAID Boshlang‘ich sinflarda o‘qish samaradorligini oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2022-yil 21-fevral kuni USAID ning “O‘zbekiston Barkamollik uchun ta’lim dasturi” mutaxassislari “1-4 sinflarda Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda yangi yondashuvlar” mavzusidagi seminarda taqdimot bilan ishtirok etishdi.

Seminar Respublikamizda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan tayanch pedagogik oliy taʼlim muassasasi hisoblangan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etildi.

Mazkur seminarda universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etib, yangi o‘quv-metodik majmualar yuzasidan fikr almashdilar.







Photos from Nizomiy's post 02/04/2022

✅Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yana bir xalqaro hamkorlikni amalga oshirdi.

✅ Universitetning Maktabgacha ta'lim fakulteti Qozoğiston xotin qizlar unversitetidan tashrif buyurgan Adilet Egambaev ishtirokida hamkorlik seminar trening tashkil qilindi.

✅Uchrashuv davomida Xotin qizlarning jamiyatdagi õrni, ularning ta'lim samaradorligini oshrish yõllari ikki davlatning maktabagcha ta'lim tizimidagi islohatlar tõģrisida tajribalar tahlil qilindi.

👉Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting







Photos from Nizomiy's post 16/03/2022

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti “Pedagogika” kafedrasi va universitetning Xalqaro aloqalar bo’limi bilan hamkorlikda «Современные подходы подготовки будущих учителей: тенденции развития педагогического образования» mavzusidagi Xalqaro seminar tashkil etildi. Seminarda Belarus davlat pedagogika universiteti magistratura bo'limi mudiri; Malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti “Menejment va pedagog kadrlar malakasini oshirish” fakulteti “Menejment va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Turchenko Irina Alekseevna, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti “Pedagogika va rivojlanish menejmenti” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Magauova Akmaral Sabitollaevna va kafedra professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.







Want your school to be the top-listed School/college in Tashkent?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Category

Website

Address

Tashkent