22/08/2022
O‘quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
⚡️ Xabar berganimizdek, 23-avgust kuni soat 10:00 da Yoshlar Press klubida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar spikerlari bilan quyida tanishishingiz mumkin:
1. Rajabova Mavjuda - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasi yuridik fanlari doktori, professor;
2. Ismailova Gulnoza - Yuridik fanlari doktori, professor;
3. Ibragimova Gulsanam - Pedagogika fanlari doktori, professor;
4. Gulnoza Odilova - Filologiya fanlari doktori, dotsent;
5. Sayyora Saidova - Falsafa fanlari doktori, PhD.
✔️ Ma'lumot o‘rnida, o‘quv-seminarni facebook orqali jonli kuzatishingiz mumkin!
21/08/2022
Ilmiy tadqiqot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh xotin-qizlar uchun o‘quv-seminar o‘tkaziladi
📅 23-avgust kuni soat 10:00 da Yoshlar Press klubida "PhD uchun bir qadam" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etiladi.
O‘quv-seminarga ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!
📝 Seminar davomida ilmiy izlanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha katta tajriba maktabiga ega bo‘lgan fan arboblari tomonidan motivatsion darslar o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi asosiy sahifada
13/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
• Dilnoza UMRZAKOVA – “Yosh dizaynerlar kengash” raisi
Mavzu: Davlat tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarning tashqi ko‘rinishi ustida ishlash
13/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
•Dilrabo EGAMOVA - Xalqaro huquqshunos.
Mavzu: Media savoxonlik va shaxsiy brendi rivojlantirish
13/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
• Parizoda KURAXMEDOVA – Oliy toifali amaliy psixolog.
Mavzu: Stress holatlarda ish olib borish. Professional “yonish” davridan o‘tish
11/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
• Shohida IBRAGIMOVA – Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktorining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi
Mavzu: Moliyaviy savodxonlikning ayollar hayotidagi o‘rni
11/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
• Farangiz ZAYNOBIDDINOVA - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori; Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mavzu: Davlat xizmatida gender tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotda xotin-qizlar faolligini oshirish
11/08/2022
Xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminar spikerlari bilan tanishing!
• Aziza Umarova – Jamoat arbobi. SmartGov consulting rahbari.
Mavzu: Ayollarning huquq tengligi va ijtimoiy-siyosiy hayotda roli
09/08/2022
Davlat fuqarolik xizmatidagi yosh xotin-qizlar uchun o'quv-seminari bo‘lib o‘tadi
📅 12-13-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-seminarga barcha idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yosh xotin-qizlarni taklif qilamiz!
📝 O‘quv-seminar davomida huquqiy, moliyaviy savodxonlik, gender tengligi, notiqlik san'ati va kasbiy toliqish mavzularida seminar hamda shaxsiy brend mavzusida trening darslari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun telegram kanalimizga a’zo bo’ling va anketani to’ldiring.
05/08/2022
Gipatiya - birinchi matematik ayol.
Gipatiya 350-370 yillarda Iskandariyada, hozirgi Misr hududida tug'ilgan. Uning otasi Teon taniqli olim edi. U qiziga yaxshi ta'lim berdi, yunon qadriyatlari va urf-odatlarini chuqur hurmat qilib tarbiyaladi va eng muhimi ularni har qanday vaziyatda ham himoya qilishga qizini ilhomlantirdi.
Otasi Gipatiyani matematika va astronomiyaga o'rgatgan. Tez orada u otasidan o'tdi, geometriya va sonlar nazariyasiga katta hissa qo'shgan holda otasining asarlariga muhim sharhlar yozdi.
U yunon olamida birinchi ayol olimiga aylandi.
Faktlar:
- "Dono misrlik" nomi bilan tanilgan;
- Gigrometrning yangi turini ixtiro qilgan;
- Rafaelning mashhur "Afina maktabi" suratida tasvirlangan
28/07/2022
Respublika koordinatorligiga ochiq tanlov!
"Qizlar ovozi" klubining Respublika koordinatori o'rniga, hozirda faoliyat olib borayotgan barcha klub koordinatorlari orasida ochiq tanlov e'lon qilinadi.
Tanlovda enga faol koordinatorlar orasidan biri, Respublika koordinatorligiga 3 oy muddatga (rasmiy qayta saylovga qadar) tayinlanadi.
Respublika koordinatorligiga nomzodlar, tanlov shartlari bilan tanishish va ariza qoldirish uchun akkauntiga murojaat qilishlari mumkin.
04/07/2022
"Qizlar Ovozi"dan yangi loyiha start olish arafasida
📢 "Qobiliyat" – "Qizlar ovozi" klubining navbatdagi loyihalaridan biri bo‘lib, ushbu loyiha intiluvchan, faol va o‘z imkoniyatlarini haqiqiy ish maydonida sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan qizlar uchun.
"Qobiliyat" loyihasi ilk mavsumni boshlashga tayyor.
🔰 Loyihaning o'ziga xos jihatlari:
- mutlaqo bepul;
- haqiqiy ish maydonida faoliyat olib borish;
- amaliyot asosida tajriba orttirish;
- turli tashkilotlarda amaliyot o'tash va rasmiy xodimga aylanish imkoniga ega bo'lish.
📝 Loyihada ishtirok eting va malakangizni oshiring.
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
👉 Batafsil o’qish va Ro'yxatdan o'tish uchun rasmiy sahifaga o’ting