07/12/2022
Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim muassasalariga yo'naltirish, ularni xalqaro grantlar olishga yo'naltirish hamda TOP-1000 talikka kiruvchi xalqaro OTM ga hujjat topshirish qoidalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston fanlar akademiyasi tayanch doktaranti, M.Ulug'bek, Qori Niyoziy, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiyalari sohibi, 7-8-9 Xalqaro Ipak yo'li matematika olimpiadasi kumush va bronza medallari sovrindori, Germaniyada o'tkazilgan 50-Xalqaro matematika olimpiadasi ishtirokchisi Bahromov Jasur Abduvali o'g'li bilan uchrashuv tashkil qilindi.