22/09/2026
📚 OMMAVIY MADANIYAT — E’TIBORLI MASALA
Bugun Shahrisabz shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga qaratilgan navbatdagi mashg‘ulot o‘tkazildi. “Ommaviy madaniyat — e’tiborli masala” mavzusidagi mashg‘ulotni Shahrisabz davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori A. Muhammadiyev olib bordi.
Mashg‘ulot davomida ommaviy madaniyatning yoshlar ongi va dunyoqarashiga ta’siri, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, axborot oqimida to‘g‘ri yo‘nalish tanlash hamda turli yot g‘oyalarga nisbatan tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari atroflicha yoritildi.
https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring:
🌎Web (https://gov.uz/oz/fvv-thl) | 🎥 YouTube (https://youtube.com/) |📸Facebook |📱 Instagram (https://instagram.com/temurbeklarmaktabi?igshid=YmMyMTA2M2Y=)