21/05/2026
.
Ma’naviyat va mutolaa sari muhim qadam “Kitob – qalbni yorituvchi ma’naviyat chirog’i”
Kattaqo'rg'on human 1-son texnikumi pedagog xodimlari jamoasi va o‘quvchilar bilan navbatdagi “Kitob o‘qish soati” ma’naviy -ma’rifiy tadbiri o’tkazildi. Tadbirda O‘tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi” nomli asari muhokama qilindi. Tadbirda asarlarning mazmun-mohiyati,tarixiy va ma’naviy ahamiyati tahlil qilinib,asarlardan parchalar o’qildi. Unda adib qariyib qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqimiz urush davrida boshdan kechirgan xayoti.qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan.
Badiiy adabiyot o’qish orqali kitobxonning badiiy idroki ,mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
Kitobxonlik milliy o’zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishda xizmat qiladi.
⬇️Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!!!
I Instagram I Facebook I Youtube I Web-sahifa I Telegram I