07/08/2026
ISFT xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda!
🇺🇿🇰🇷ISFT Instituti Samarqand filiali Janubiy Koreyaning nufuzli Leaders Times tashkiloti bilan rasmiy hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Kelishuv Leaders Times tashkiloti Bosh ijrochi direktori (CEO) Kim Won Hwon hamda ISFT vakillari ishtirokida imzolandi.
Mazkur strategik hamkorlik ISFTning Janubiy Koreyadagi xalqaro faoliyatini yanada kengaytirib, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
🎓Hamkorlik doirasida:
✅Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari bilan yangi hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi;
✅Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari rivojlantiriladi;
✅Double Degree va Joint Degree dasturlari amalga oshiriladi;
✅Transnational Education (TNE) loyihalari yo‘lga qo‘yiladi;
✅Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va akademik loyihalar tashkil etiladi;
✅ ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada ta'lim olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Ushbu hamkorlik ISFTning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, dunyoning yetakchi universitetlari bilan strategik aloqalarni mustahkamlash va talabalar uchun global ta'lim imkoniyatlarini yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.
25/07/2026
ISFT xalqaro hamkorlik geografiyasi kengaymoqda!
✅ ISFT Instituti Samarqand filialiga Janubiy Koreyaning Leaders Times tashkiloti vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Koreyaning nufuzli universitetlari bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ta'lim loyihalari, Janubiy Koreya universitetlarida tahsil olish imkoniyatlari va boshqa istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
📚Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Hozirda ushbu hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan zarur tashkiliy va huquqiy jarayonlar olib borilmoqda.
Bu tashrif ISFTning xalqaro hamkorlik tarmog‘ini yanada kengaytirish, talabalar uchun Janubiy Koreyada ta'lim olish imkoniyatlarini oshirish hamda dunyoning yetakchi universitetlari bilan uzoq muddatli strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🌍ISFT — bugungi ta'lim, ertangi global imkoniyatlar!
22/07/2026
ISFT va University of Northampton yangi bosqichda
🇺🇿 🇬🇧 ISFT Instituti delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning University of Northampton universitetiga tashrif buyurib, universitet rahbariyati, Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari hamda fakultet dekanlari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda avvalroq imzolangan hamkorlik memorandumini amaliy loyihalar bilan davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda ikki universitet o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
❤️ Mazkur tashrif ISFT Instituti talabalariga xalqaro ta’lim va akademik tajriba uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Siz ham shunday imkoniyatlarga ega bo'lmoqchimisiz, unda ISFT institutiga hujjat topshiring!
Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️
Aloqa markazi: +998555061717, +998555187070
❤️ISFT Samarqand: Samarqand shahri, Mirzo Bedil ko‘chasi, 24-uy
✅ ISFT — orzular ro‘yobi!
22/07/2026
ISFT xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda!
ISFT Instituti delegatsiyasi xizmat safari doirasida Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Greenwich universitetiga tashrif buyurdi.
🤝Tashrif davomida Transnational Education (TNE) dasturlari doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta'lim dasturlarini rivojlantirish, akademik almashinuv, ta'lim sifati va kelgusidagi strategik loyihalar yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi.
🎓Mazkur uchrashuv ISFT va University of Greenwich o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, talabalar uchun xalqaro darajadagi ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta'lim standartlarini joriy etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
ISFT — dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirib, talabalariga global imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.
🌍ISFT — Mahalliy ta'lim. Global imkoniyatlar.
14/07/2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlandi!
✔️Tanlovning OTM bosqichi uchun hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
1. Sinov daftarchasi (transkript nusxasi)dan ko‘chirma (o'quv bo'limi tomonidan tasdiqlangan)
2. Rahbar (dekanat va kafedra)ning tavsiyanomasi
3. Ilmiy (ijodiy) rahbarning xulosasi yoki tavsiyanomasi
4. Ilmiy ishlar ro‘yxati (tasdiqlangan holatda)
5. Tanlov va olimpiadalardagi yutuqlar (tasdiqlangan ro‘yxat)
6. Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari
7. Qo‘shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
8. Pasport nusxasi
9. Ma’lumotnoma (obyektivka)
📌 Stipendiya nizomi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari NIZOMI https://lex.uz/docs/-1399382
Kimlar qatnashaoladi: 2-kursni tugatgan 3-kursga buyrug'i chiqqan kunduzgi ta'lim talabalari!
305-xonaga hujjatlarni taqdim etishingiz so‘raladi.
Tel: +99893 345 49 29
🗓 Hujjatlar qabul qilish muddati:
📅 2026-yil 14-iyuldan — 24-iyulga qadar
09/07/2026
ISFT xalqaro hamkorligi amalda: ustozlarimiz Turkiyada xalqaro malaka oshirmoqda
🇺🇿🇹🇷Xalqaro ta'lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida ISFT instituti Samarqand filiali navbatdagi muhim qadamni tashladi.
ISFTning strategik hamkorlaridan biri — Turkiyaning Hitit Universiteti bilan hamkorlik doirasida institutning bir guruh professor-o‘qituvchilari 144 soatlik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
📚Dastur dastlab onlayn bosqichda tashkil etilib, unda ishtirokchilar xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan ma'ruzalar, seminarlar va amaliy workshoplarda faol qatnashdilar. Ayni paytda dastur Turkiyaning Chorum shahridagi Hitit Universitetida amaliy mashg‘ulotlar bilan davom etmoqda.
🌐Mazkur xalqaro dastur zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Bugungi k***a ISFT xalqaro hamkorlik geografiyasini tobora kengaytirib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xorijda ta'lim olish, akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar, stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlarini izchil kengaytirib bormoqda.
✨ Xalqaro tajriba — sifatli ta'lim garovi.
ISFT — mahalliy ta'lim, global imkoniyatlar! 🌍