23/04/2025
🛎️ Bola bog‘chaga borganida 5 muhim qobiliyat tez rivojlanadi!
1️⃣ Mustaqillik shakllanadi
Har kuni kiyinishi, ovqatlanishi, o‘yinchoqlarini yig‘ishtirishi – bularning barchasi bolada o‘ziga ishonch va mas’uliyat hissini paydo qiladi. Uyda esa ko‘pincha kattalarning yordamiga tayanib qoladi.
2️⃣ Muloqot qilishni o‘rganadi
Boshqa bolalar bilan birga o‘ynash, navbat kutish, fikrini ifoda etish – bola hayotida ilk ijtimoiy tajriba bo‘lib, bu kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga asos bo‘ladi.
3️⃣ Nutqi va lug‘at boyligi kengayadi
Har kuni yangicha o‘yinlar, hikoyalar va suhbatlar orqali so‘z boyligi kengayadi, nutq ravonlashadi. Bu esa maktabda o‘qish va tushunishda katta ustunlik beradi.
4️⃣ Jismonan chiniqadi
Sport mashg‘ulotlari, ertalabki badantarbiya va faol o‘yinlar orqali bola sog‘lom, chaqqon va bardam bo‘lib ulg‘ayadi. Sog‘lom tana – sog‘lom aql kaliti!
5️⃣ Intizomli bo‘ladi
Muayyan tartib-qoidalar asosida yashash, vaqtni his qilish va mas’uliyat bilan harakat qilish odat tusiga kiradi. Bu odat esa butun hayot yo‘lida asqotadi.
✅ “Asmo Kids” bog‘chasida aynan mana shu 5 yo‘nalishda bolalar bilan doimiy, puxta ish olib boriladi. Har bir bola individual e’tibor bilan tarbiyalanadi.
📞 Batafsil ma’lumot olish uchun: (91) 528–22–25
“Asmo kids” – tarbiya so‘z bilan emas, amal bilan singdiriladi!