Samdpi Aniq fanlar

Samdpi Aniq fanlar

Share

Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Samdpi Aniq fanlar, Educational Research Center, Samarqand viloyati, Samarkand.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 31/03/2026





🐍 Ilm – mo‘jizalar kaliti!

Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutori Q.Xursandov tomonidan olib borilayotgan “G‘aroyibot tilsimi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti yana bir qiziqarli tajribaga boy bo‘ldi.

🔥 Ushbu safar talaba-yoshlar ishtirokida kaltsiy glyukanat tabletkasi va quruq spirt (ulotropin) reaksiyasi asosida mashhur “Ilon reaksiyasi” amaliy tarzda namoyish etildi.

👀 Tajriba davomida oddiy moddalar qanday qilib hayratlanarli ko‘rinish hosil qilishi yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

💡 Ilmni o‘rganish – bu faqat nazariya emas, balki amaliy mo‘jizalarni kashf etishdir!

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 31/03/2026





🎓 Yoshlar tarbiyasi – ustuvor vazifa!

Samarqand davlat pedagogika institutida “Faxriylar kengashi” raisi M.Abdurahmonov hamda kengash a’zosi F.Meliyevlar Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.

📌 Uchrashuv davomida talabalarga:
— tartib-intizomga rioya qilish,
— darslarga muntazam qatnashish,
— vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kabi muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

💬 Suhbat jarayonida hayotiy tajribalarga asoslangan fikr-mulohazalar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

✨ Bunday uchrashuvlar talabalarning ma’naviy kamoloti va mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 27/03/2026





🌿 Milliy libos – xalqimiz ruhining ifodasi!

Aniq va amaliy fanlar fakultetida milliy an’analarimizni e’zozlash, asrab-avaylash hamda ularni yoshlar ongiga chuqur singdirish maqsadida har hafta juma kuni “Milliy liboslar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 27/03/2026




🎓✨ Zamonaviy ta’lim — yangi yondashuvlar sari!

Samarqand davlat pedagogika instituti “Mahorat maktabi” loyihasi doirasida Informatika kafedrasi mudiri O‘tkir Saidov tomonidan zamonaviy pedagogik yondashuvlarga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 27/03/2026





💥Ta’lim jarayonida innovatsion va interfaol metodlardan foydalanish.

⚡️ Aniq va amaliy fanlar fakulteti Matematika kafedrasi o‘qituvchisi Maqsuda O'ralova tomonidan kafedrada “Mahorat maktabi” doirasidazamonaviy pedagogik yondashuvlarga bag‘ishlanganseminar-trening tashkil etildi.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 26/03/2026



📚 Samarqand davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakultetida zamonaviy ta’lim metodlari joriy etilmoqda

2026-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”ga muvofiq, Samarqand davlat pedagogika institutida zamonaviy ta’lim metodlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha seminar-treninglar izchil tashkil etilmoqda.

🎨 Shu maqsadda Tasviriy san’at va texnologik ta’lim kafedrasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

👨‍🏫 Seminar davomida kafedra o‘qituvchisi S.Suvankulov tomonidan quyidagi innovatsion ta’lim metodlari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi:

🔹 Problem-based learning (muammoga asoslangan ta’lim)
🔹 Project-based learning (loyihaga asoslangan ta’lim)
🔹 Process-based learning (jarayonga asoslangan ta’lim)
🔹 Flipped classroom (teskari sinf modeli)

💡 Mazkur metodlar ta’lim jarayonida talabalar faolligini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

26/03/2026

📢 “Haftaning bir satri-bir yurak sadosi” — ILK SON

🎤📖 Aniq va amaliy fanlar fakulteti talaba qizlar yo'nalishi ichki koordinatori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan
✨ “Haftaning bir satri-bir yurak sadosi” ko'rsatuvi ilk soni bo‘lib o‘tdi!
💫 Ushbu loyiha — qalbdan chiqqan satrlar, samimiy hislar va iste’dodli yoshlar uchrashadigan ijodiy maydondir.

🎙 Ilk son mehmoni — Suvonqulova Sevinch

🌿 Har bir satr — bu bir tuyg‘u…
💖 Har bir chiqish — bu bir yurak sadosi…

✨ “Haftaning bir satri-bir yurak sadosi” ko'rsatuvi davom etadi!
💫 Har hafta yangi iste’dod, yangi ovoz sizni kutadi!
📌 Bizni kuzatishda davom eting!
💬 Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Murojaat uchun:Shokirjonova_06
+998992532608

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 25/03/2026



📌 Samarqand davlat pedagogika instituti jamoasi Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo'lib o'tayotgan xalqaro matematika fan olimpiadasi OMOUS-2026 da faol ishtirok etmoqda.

💠 Olimpiada jarayonlarida O'zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Gretsiya, Turkmanistondan jami hisobda 87 ta jamoa, ya'ni 51 ta xorijiy jamoalar, 36 ta turkman jamoalari ( jami 600 nafar talaba) ishtirok etmoqda.

🇺🇿 Bugun olimpiada jarayonlarining individual turiga start berildi.

➡️ Jarayonlarda ishtirok etayotgan iqtidorli talabalarimizga omad tilaymiz!!!

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 25/03/2026




🔥 Halollik — kuch, korrupsiya — tanazzul!

🎓 Samarqand davlat pedagogika instituti
📐 Aniq va amaliy fanlar fakultetida
💬 “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotda
📌 korrupsiyaning asl yuzi,
📌 uning yashirin xavflari,
📌 va jamiyat kelajagiga ta’siri haqida fikr almashildi.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 24/03/2026




🎓 Darsdan tashqari — hayotiy saboqlar sari!

Aniq va amaliy fanlar fakulteti tyutori G‘iyosiddin Sayitqulov tashabbusi bilan talabalar uchun unutilmas ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar ongida tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdir.

🏛 Samarqand shahrining bebaho durdonasi — Registon majmuasi bag‘rida talabalar nafaqat me’morchilik mo‘jizasini ko‘rishdi, balki uning ortidagi buyuk tarix, ilm va ma’naviyatni his etishdi.

Photos from Samdpi Aniq fanlar's post 24/03/2026

📢 “Jaholatga qarshi ma’rifat” — muhim davra suhbati tashkil etildi

Samarqand davlat pedagogika instituti
Aniq va amaliy fanlar fakultetida yoshlar tarbiyasi, huquqiy ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir bo‘lib o‘tdi.

👨‍🏫 Fakultet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Mirubaydov tomonidan 1-bosqich talabalari ishtirokida
🗣 “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda
📌 “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori”
mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

💬 Suhbat davomida:

huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,
yoshlar orasida huquqiy madaniyatni shakllantirish,
inson qadri va huquqlariga hurmat ruhini kuchaytirish
masalalari keng muhokama qilindi.

🎯 Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, mavzu yuzasidan faol ishtirok etdilar.

Want your school to be the top-listed School/college in Samarkand?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Address

Samarqand Viloyati
Samarkand