10/12/2021
Ingliz tilini bilish bizga nimalar bera oladi?
🌐 Axborotlar bazasidan foydalana olish imkoniyati
Internetdan doimiy foydalanuvchi 565 million insonlarning 52 % i ingliz tilidagi vebsitelarga murojaat qilishadi. Bu tilni bilgan insonlar internetdagi ma'lumotlarning yarmidan ko'piga ega bo'lishlari mumkin.
🏛 Jahonning top universitetlaridan GRANT yutish imkoniyati
Xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etiladigan, dunyoning nufuzli universitetlariga grantlarni qo'lga kiritish imkoniyati aynan ingliz tilini chuqur o'rganayotgan o'quvchilarda mavjud.
🧾 Xalqaro miqyosdagi kompaniyalarda ishlash imkoniyati.
Eng zo'r maosh va qulay ish o'rni taklif qila oladigan yirik xalqaro kompaniyalarning xodimlariga talablaridan biri, albatta ingliz tilini yaxshi bilishdir.
Siz-chi, nima uchun aynan ingliz tilini o'rganyapsiz?