“Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Kasblar festivali” bo‘lib o‘tdi
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Sog‘lom jamiyat uchun zamonaviy ta'lim!
13/05/2026
Bugun viloyatimizda “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan boshlandi.
Tadbir doirasida texnikumlar faoliyati, zamonaviy kasb yo‘nalishlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish maqsadida maxsus ko‘rgazmalar va pavilyonlar tashkil etildi.
Festival jarayonlarida ishtirok etgan Kasbiy ta’lim agentligi direktori Husanov Azimjon Nozimjonovich ko‘rgazma va pavilyonlar faoliyati bilan tanishib, yoshlar bilan muloqot qildi.
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ham o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etdi. Agentlik direktori talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi.
12/05/2026
“Eng mahoratli maxsus fan o‘qituvchisi”
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan “Eng mahoratli maxsus fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ustozlar o‘zlarining kasbiy mahorati, zamonaviy yondashuvlari va pedagogik tajribalarini namoyish etdilar.
Bunday tadbirlar ta’lim sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda fidoyi o‘qituvchilarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📣“Bir kasb – bir yaxshilik” loyihasi doirasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalari va malakali o‘qituvchilari “Bir kasb – bir yaxshilik” ijtimoiy loyihasi doirasida Bunyodkor MFY hududida ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida mahalladagi keksa ayollarga sog‘lom turmush tarzi haqida tushunchalar berildi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va salomatlikni asrash bo‘yicha foydali tavsiyalar ulashildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qon bosimi o‘lchanib, sog‘lig‘i nazorat qilindi.
Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda sog‘lom hayot madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
16/04/2026
“Direktor kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Direktor kubogi” sport musobaqasi doirasida stol tennis sport turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonlik, tezkorlik hamda sport mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz kechib, sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi.
Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan talabalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu sport tadbiri yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va jismoniy faollikni kuchaytirishga xizmat qildi.
16/04/2026
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N. Safoyev ishtirok etib, texnikum talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, kelajakdagi reja va maqsadlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Yoshlar bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash yo‘lida bunday uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 9-aprel kuni buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvidagi islohotlari, harbiy mahorati hamda jahon tarixidagi tutgan o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Sohibqironning “Kuch — adolatda” tamoyili asosida olib borgan siyosati va mamlakat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari xususida fikr almashildi.
Davra suhbati davomida talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbir yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.
Buyuk ajdodlarimiz merosi — bebaho ma’naviy boyligimizdir.
09/04/2026
“Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur muloqotda Navoiy shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Fattoyev Bobir Qobilovich hamda Navoiy shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Egamov Alisher Shermurodov ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbat olib bordilar.
Muloqot davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan muhim tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi.
02/04/2026
NAVOIY ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA “KARYERA KUNI” VA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TADBIRI O‘TKAZILDI!
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" hamda “Karyera kuni” doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda Navoiy shahar hokimi D.Ergashev, Navoiy viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J.Qalandarov, Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Safoyev, viloyat bandlik boshqarmasi vakillari, shuningdek ish beruvchi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar.
Shuningdek, texnikumda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ham o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot qilindi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, jami 14 ta murojaat qabul qilindi. Shundan 9 tasi joyida hal etildi, 5 tasi esa tegishli tartibda nazoratga olindi.
Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish hamda kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
26/03/2026
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yoshlar kuni” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Prezidentimiz tashabbusi bilan har payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganligi munosabati bilan yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Navoiy viloyati IIB vakillari hamda Bunyodkor MFY mutaxassislar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi. Tadbir davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari!
21/03/2026
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida Navroʻz bayrami munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar va ustozlar faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi turli chiqishlar namoyish etildi. Bahor faslining yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik ramzi ekanligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, milliy qo‘shiqlar, raqslar hamda sahna ko‘rinishlari orqali Navroʻz an’analari keng yoritildi.
Tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va insoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Category
Contact the school
Telephone
Website
Address
Navoi
210100
Opening Hours
| Monday | 08:00 - 16:00 |
| Tuesday | 08:00 - 16:00 |
| Wednesday | 08:00 - 16:00 |
| Thursday | 08:00 - 16:00 |
| Friday | 08:00 - 16:00 |
| Saturday | 08:00 - 14:00 |