03/02/2024
Navoiy innovatsiyalar universitetida "HAFTADA BIR KITOB" loyihasi!
📚 Universitetimizda kitobxonlikni keng targ'ib qilish va talaba yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida "Haftada bir kitob" loyihasi davomida "Kitobxon talaba" intellektual o'yini tashkil etildi. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
📌 Eslatma! "Kitobxon talaba" intellektual o'yini har hafta juma kuni soat 11:00da bo'lib o'tadi. Barcha kitobsevarlar qiziqarli intellektual musobaga taklif etamiz.
🎓 NIU — zukko kitobxonlar tanlovi!
✅ Bizni kuzatishda davom eting
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
Telegram | Instagram | Web-sayt
11/01/2024
📯 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
🏛 Navoiy innovatsiyalar universitetida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
👮🏻♂️Albatta bunday tadbir va loyihalar talaba-yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish, ularda yurtga sadoqat tuyg'ularini yanada kuchaytirish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish madsadida amalga oshirilmoqda.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
Telegram | Instagram | Web-sayt
11/01/2024
🧠 "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
💡"Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir" shiori ostida tashkil etilgan ushbu o'yinda 100 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi.
🕯 Hafta davomidagi barcha loyihalarda talabalarni faollikka chorlaymiz!
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
Telegram | Instagram | Web-sayt
09/01/2024
📝 Insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
📚 "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsoli" shiori ostida tashkil etilgan "Mening qahramonim mavzusidagi insholar tanlovi bo'lib o'tdi.
📖 Insholar tanlovi o'zbek, rus va ingliz tillarida o'tkazildi va ushbu tanlovda 60 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.
🥇Tanlov g'oliblari 12-yanvarda bo'lib o'tadigan bayram dasturida e'lon qilinadi va taqdirlanadi.
🪄 Barcha talabalarni lloyihalarda faollikka chorlaymiz.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
Telegram | Instagram | Web-sayt
06/01/2024
🗣 Notiqlik san'ati bo'yicha mahorat darslari tashkil etildi.
💡Navoiy innovatsiyalar universiteti ta'sischisi O'rolbek Jummayevich tashabbusi va homiyligida tashkil etilgan darslarni 12 yillik tajribaga ega mutaxassis, teleradioboshlovchi, bloger ekspert, professional notiq Najot Nur olib bordi.
🪄 Notiqlikni rivojlantirish maqsadida universitet xodimlaridan 100 nafari ushbu darslarda ishtirok etishmoqda.
🏷 Mashg'ulotlar haftaning shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi. Bugun ilk dars kunidan xodimlarning taassurotlari ijobiy.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
05/01/2024
👨🏫 “Dunyo universitetlari reytingidagi tadqiqotchi-olimlar orasida o‘zingizni kashf qiling” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti A.Zikriyoyev tomonidan ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun “Dunyo universitetlari reytingidagi tadqiqotchi-olimlar orasida o‘zingizni kashf qiling” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Seminar-treningda hozirgi k***a mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarini dunyo mintaqalarida tanitish borasida olib borilayotgan eng dolzarb islohotlar talabi asosida tadqiqot ishini xalqaro formatda olib borish va ilmiy nashrlarda chop etishga oid nazariy tushunchalar hamda uslubiy va amaliy tavsiyalar berildi.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
31/12/2023
🗞 Memorandum imzolandi!
🏛 "NIU" va "Ustozlar" nodavlat-notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi hamda "Qiz bola tarbiyasi - millat kelajagi" loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
⚡️Ushbu loyiha uchun davlat granti ajratilgan bo‘lib, "NIU" o‘qituvchisi, loyiha a'zosi Ra'no Fayzullayeva bilan ham shartnoma tuzildi.
🤵♂Tadbirda "NIU" rektori Nuriymon Abulxasan loyiha muallifi va a'zolarini samimiy qutlab, hamkorlikda bajariladigan ezgu ishlarga katta ishonch bildirdi. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi rais o‘rinbosari Mansur Hamidov so‘zga chiqib, bugungi k***a nodavlat tashkilotlarning faolligini alohida e'tirof etdi. "Ustozlar" tashkiloti rahbari Muhabbat Yo‘ldosheva o‘zaro hamkorlik uchun "NIU" rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda universitet jamoasiga Oliy Majlis granti asosida chop etilgan "Qanorboy ota" risolasini sovg‘a qildi.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
23/12/2023
🇺🇿 "Davlat tilida ish yuritish" mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi
🏛 Universitetning Axborot resurs markazida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchilari PhD L.Suvonova, PhD N.Kobulova, PhD N.Tosheva hamda doktorant M.Ochilovalar tomonidan "Davlat tilida ish yuritish" mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
👩🏫 Seminarda kunduzgi bo'lim talabalariga davlat tilida eng ko'p tarqalgan davlat hujjatlari haqida ma'lumot berildi.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
21/12/2023
🎓 Ta'lim talaba nigohida
🏛 Universitet talabalari ta'limga bo'lgan e'tibori hamda bilim olishga bo'lgan ishtiyoqi juda baland.
👩💻 Talabalar yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib kelajak uchun poydevorni mustahkamlab kelmoqda.
✅ "NIU" - haqiqiy innovatorlar tanlovi!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043
20/12/2023
🧠 Innovatsion ta'limda, Intellektual izlanishlar
🏛 Navoiy innovatsiyalar universiteti - innovatsion ta'limga asoslangan bo'lib, talabarni bilim olishlari hamda yetuk kadr bo'lishlari uchun yetarli barcha shart-sharoitlarni yaratib kelmoqda.
🧑💻 Har bir talaba bilim olishi va olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq qilish imkoniyatiga ega.
✅ "NIU" - kelajakdagi kasbingiz kafolatidir!
☎️ Murojaat uchun: (55)5000043