University of Business & Science

University of Business & Science University of Business & Science nazariya va amaliyot uyg’unlashgan ta’lim maskani.

UBS oliygohi ayni vaqtda Namangan va Toshkent shaharlarida 5 ta o'quv binosiga ega bo'lib 20,000 dan ortiq talabaga ta'lim oladi

Aloqa boti: http://t.me/ubsuzbekistan_bot

📸 Ular yulduz bo‘lib tug‘ilgan!University of Business and Science talabalarning ijodkorligi, media ko‘nikmalari va unive...
19/09/2026

📸 Ular yulduz bo‘lib tug‘ilgan!

University of Business and Science talabalarning ijodkorligi, media ko‘nikmalari va universitet hayotini talaba nigohi orqali yoritish maqsadida “Mening 1 kunim” VLOG TANLOVIni e’lon qiladi.

Ishtirok etish uchun:

➖UBSdagi bir kuningiz haqida kreativ VLOG suratga oling;
➖ videoni o‘z Instagram sahifangizda Reels formatida joylang;
➖postda UBSning rasmiy Instagram sahifasi University of Business & Science ni belgilang;
➖videoda va heshteglaridan foydalaning.

🏆 Eng yaxshi 3 ta VLOG muallifi bilan video UBSning asosiy sahifasida “collab” formatida e’lon qilinadi va g‘oliblar UBS Student Media Team safiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov 30-sentabrgacha davom etadi.

Kamerani yoqing, UBSdagi bir kuningizni ko‘rsating va universitet media jamoasining bir qismiga aylaning!

🏛UBS bilan yulduzlikka yo‘l oching!

🎓 UBS Namanganda magistraturaga qabul davom etmoqda!Quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabuli da...
09/09/2026

🎓 UBS Namanganda magistraturaga qabul davom etmoqda!

Quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha hujjatlar qabuli davom etmoqda:

• Pedagogika
• Xorijiy til va adabiyoti
• Iqtisodiyot
• Tarix
• Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti
• Lingvistika: o‘zbek tili va rus tili
• Buxgalteriya hisobi
• Ta’limda axborot texnologiyalari
• Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
• Matematika
• Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

💰 UBS bakalavr bitiruvchilari kursdosh sifatida topshirsa — 20% chegirma, boshqa OTM bitiruvchilari uchun — 10% chegirma beriladi.

Magistraturada o‘qishni davom ettirish imkoniyatidan foydalaning — qabul davom etmoqda!

Hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

☎️ +998555202626

🏛 UBS bilan ilmga yo‘l oching!

❓ 2026/2027-o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakli uchun darslar qachondan boshlanadi?University of Business and Science’da...
05/09/2026

❓ 2026/2027-o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shakli uchun darslar qachondan boshlanadi?

University of Business and Science’da yangi o‘quv yili doirasida dars jarayonlari start olmoqda.

Barcha kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari uchun:
➖2-, 3- va 4-kurslar — 14-sentabrdan
➖1-kurslar — 16-sentabrdan

Tibbiyot yo‘nalishlari uchun darslar alohida jadval asosida boshlanadi:
➖2-, 3- va 4-kurslar — 7-sentabrdan
➖1-kurslar — 14-sentabrdan

Dars jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni fakultet xodimlari orqali yoki ushbu Telegram kanalda kuzatib borishingiz mumkin.

🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

🕊️🕊️   Quyosh kulib manglayingga🕊️🕊️   Har kun qo‘nib o‘tadi.             Rayhoningning xushbo‘y isi            Oyga bor...
01/09/2026

🕊️🕊️ Quyosh kulib manglayingga
🕊️🕊️ Har kun qo‘nib o‘tadi.
            Rayhoningning xushbo‘y isi
            Oyga borib yetadi...

            Dunyolarga dostonim,
            Qadri buyuk osmonim.
            Mustaqillik muborak,
            Mening O‘zbekistonim!

Mustaqilligimizning 35 yili millionlab insonlar taqdiri, xalqimiz erishgan yutuqlar va amalga oshirgan ulkan ishlarni bir nom — O‘zbekiston nomi ostida birlashtirgan tarixdir.

UBS uchun shu yurtning bir qismi bo‘lish — uning yutuqlarini davom ettirish yo‘lida har kuni mehnat qilish, yoshlarga bilim berish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan mutaxassislarni tarbiyalash demakdir.

🦋 Biz kindik qoni to‘kilgan yurtimiz, mardonavor xalqimiz, dunyoni lol qoldirgan buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz! Bugun ta’lim olayotgan yoshlarimiz ertaga o‘z yutuqlari bilan O‘zbekiston tarixida munosib iz qoldirishiga ishonamiz.

35 yillik Mustaqillik. 35 yildirki, ko‘ksimizdagi yuraklar O‘zbekiston uchun uradi.

🙌 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

🏢 Arxitektura: ertangi kun shaharlarini loyihalashtiradiganlar kasbiZamonaviy infratuzum kengayib, bunyod etilayotgan sh...
26/08/2026

🏢 Arxitektura: ertangi kun shaharlarini loyihalashtiradiganlar kasbi

Zamonaviy infratuzum kengayib, bunyod etilayotgan shaharlar, turar joy majmualari, o‘quv va biznes markazlarining ortida funksionallik, xavfsizlik va estetikani uyg‘unlashtiradigan arxitektor mehnati turadi.

UBS “Arxitektura” yo‘nalishida talabalar shunchaki chizma chizishni emas, balki zamonaviy bino va makonlarni loyihalashtirish, arxitektura konsepsiyalarini ishlab chiqish hamda professional texnologiyalarni amaliyotda qo‘llashni o‘zlashtiradilar.

🎓 Qabul davom etmoqda!
UBS bilan g‘oyalaringizni real obyektlarga aylantirib, kelajak shaharlari bunyodkoriga aylaning.

Onlayn hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

Murojaat uchun: +998555202626,

🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

🛰 Zamonaviy geodeziya: sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan raqamli xaritalargachaYangi yo‘llar qayerda qurilishi kerak? Yer,...
22/08/2026

🛰 Zamonaviy geodeziya: sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan raqamli xaritalargacha

Yangi yo‘llar qayerda qurilishi kerak? Yer, tabiiy resurslar va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarni qanday kuzatish mumkin? Hududlarning aniq raqamli xaritalari qanday yaratiladi?

Kosmik ma’lumotlar bilan ishlashni zamonaviy texnologiyalar bilan birlashtiradigan soha Geodeziya va geoinformatika deb ataladi.

UBSda ushbu yo‘nalish talabalari sun’iy yo‘ldosh va geofazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish, hududlarni o‘rganish, ular asosida aniq raqamli xaritalar yaratish hamda qurilish va yer tuzish sohalari uchun zarur ma’lumotlar bilan ishlashni o‘zlashtiradilar.

🤩 Dunyo xaritasini o‘zgartirishga xizmat qiladigan texnologiyalarni o‘zlashtirishga shoshiling!

Onlayn hujjat topshirish:qabul.ubsu.uz

Murojaat uchun: +998555202626

🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

🎼 Axborot fikrni shakllantiradi. Professionallar esa axborotni boshqaradiBrend raqobatchilar orasida ajralib turishi uch...
20/08/2026

🎼 Axborot fikrni shakllantiradi. Professionallar esa axborotni boshqaradi

Brend raqobatchilar orasida ajralib turishi uchun shunchaki yaxshi mahsulot taklif qilishning o‘zi yetarli emas. U taniqli bo‘lishi, omma e’tiborini ushlab turishi, eng muhimi esa — unga ishonishlari kerak.

UBS “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishida auditoriya bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, OAV va raqamli platformalar bilan ishlash hamda brend obro‘sini shakllantirish bo‘yicha sifatli taʼlim olib, media va kommunikatsiyaga bo‘lgan qiziqishingizni talab yuqori bo‘lgan kasbga aylantirishingiz mumkin.

🎤Omma fikrini shakllantiradigan mutaxassisga aylanish uchun hujjatlaringizni UBSga bugunoq topshiring!

Onlayn hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

☎️ Murojaat uchun: +998555202626

UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

📣 UZBMB natijalari  ma’lum bo‘lib, natijalar sizni qoniqtirmadimi?Talaba bo‘lish uchun sizga ball emas,  QAROR yetishmas...
18/08/2026

📣 UZBMB natijalari  ma’lum bo‘lib, natijalar sizni qoniqtirmadimi?

Talaba bo‘lish uchun sizga ball emas,  QAROR yetishmasligi mumkin!

✓ UBS DTM natijalari 75 va undan yuqori ball bo‘lgan abiturientlarga xalqaro munosabatlardan tortib IT, moliya, pedagogika va psixologiya yo‘nalishlariga;

✓ 94 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan yoshlarga esa stomatologiya, pediatriya va davolash ishi kabi tibbiyot yo‘nalishlariga qo‘shimcha imtihonlarsiz talaba bo‘lish imkoniyatini beradi!

Xalqaro akkreditatsiyaga ega, dunyoning MIT, Illinois Institute of Technology, Sejong University, University of Missouri, University of Otago kabi top-oliygohlar bilan hamkorlik qilib, yoshlarga o‘qishning ilk yilidanoq xalqaro amaliyotlar uchun imkoniyat yaratib berayotgan UBS universitetiga hujjat topshirishga shoshiling!

❗️Qabul jarayonlari yakuniga yaqinlashib, kvotalar soni kamayib bormoqda.

Onlayn hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

☎️ Murojaat uchun: +998555202626

🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

🤑 10% chegirma sizga qancha tejash imkonini beradi?UBS’ning Friends va Family dasturlari ya’ni yaqinlaringiz hamda do‘st...
17/08/2026

🤑 10% chegirma sizga qancha tejash imkonini beradi?

UBS’ning Friends va Family dasturlari ya’ni yaqinlaringiz hamda do‘stlaringiz bilan hujjat topshirish orqali kontrakt to‘lovidan 10% chegirma olishingiz mumkin.

Ammo bu chegirma real summalarda qancha bo‘ladi?

➖Bir yilda qancha mablag‘ tejaysiz?
➖Chegirmadan keyin kontrakt qancha bo‘ladi?
➖4 qismga bo‘lib to‘langanda har chorak uchun qancha to‘laysiz?

Bu taklif cheklangan muddat davomida amal qiladi. Imkoniyatdan foydalanish uchun hujjatlaringizni hoziroq topshiring!

Hujjat topshirish: qabul.ubsu.uz

Murojaat uchun: +998555202626

🏛 UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

😍 Kelajak texnologiyalarini yaratishni xohlaysizmi?Raqamli texnologiyalar banklar, biznes, sanoat, davlat kabi sohalar f...
12/08/2026

😍 Kelajak texnologiyalarini yaratishni xohlaysizmi?

Raqamli texnologiyalar banklar, biznes, sanoat, davlat kabi sohalar faoliyatining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ularni yaratish va rivojlantirishni biladigan professionallarga doim ehtiyoj katta.

University of Business and Science «Axborot tizimlari va texnologiyalari» yoʻnalishi — bu sizning doimo dolzarb soha, yuqori maoshlar va yirik loyihalar olamiga eltuvchi chiptangiz.

🤩 ​Biz yoshlarga mahalliy va xalqaro IT-bozorida talab yuqori mutaxassisga aylanishga yordam beradigan sifatli bilim beramiz.

​Hujjatlarni UBSga topshirishga ulguring va IT sohasida mustahkam oʻrningizni egallang!

Onlayn hujjat topshirish:qabul.ubsu.uz

☎️ Murojaat uchun: +998555202626,

🏛UBS bilan talabalikka yo‘l oching!

Address

Beshkapa Ko'chasi, 111
Namangan

Opening Hours

Monday 09:00 - 19:00
Tuesday 09:00 - 19:00
Wednesday 09:00 - 19:00
Thursday 09:00 - 19:00
Friday 09:00 - 19:00
Saturday 09:00 - 15:00

Telephone

+998781132626

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when University of Business & Science posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to University of Business & Science:

Shortcuts

Share