ThinkWell

ThinkWell Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from ThinkWell, Education Website, Andijan viloyati, Marhamat shahri, Mustaqillik ko'chasi, 117-uy, Marhamat.

Bugundanmi yoki bugun dammi? Ingliz tilini "textbook" lardan o‘rganishni xohlamaganlarSizlar uchun maxsus taklifKoreya v...
11/09/2024

Bugundanmi yoki bugun dammi?

Ingliz tilini "textbook" lardan o‘rganishni xohlamaganlar

Sizlar uchun maxsus taklif

Koreya va Germaniya davlatlarida ta'lim olib qaytgan ustoz, o‘zining bilim va tajribalarini ulashishga tayyor.

👨‍💻 Otabekov Omadbek ( IELTS instruktor )

— Koreyaning Pusan shahrida joylashgan "Youngsan university" da 2021-2024- yillarda bakalavr o‘qib qaytdi.

— Germaniyadagi "work and travel" dasturi bo‘yicha amaliy tajribaga ega.

Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun kelmadi. Senda bugun bor. Boridan foydalan.

✨ Dastlabki 10 kishi uchun 50.000 so‘mlik chegirma e'lon qilamiz.



☎️ +998912886262

Telegram | Instagram

21/02/2024

Farzandingiz lider boʻlishini xohlasangiz...

Farzandingizni kelajakda aqlli, aʼlochi, lider boʻlishini xohlaysizmi? Xoʻsh, buning uchun nima qilmoq kerak? Ularning ixtisoslashgan maktablarda, kuchli ustozlar qoʻlida tahsil olishi sizning bu orzuyingizni amalga oshirishi aniq 😉

Bu maqsad yoʻlida sizga professional ustoz darslarini taklif etamiz. Oliy toifali boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi, matematika va mantiqiy fikrlash boʻyicha mutaxassis Oʻlmasxon Shokirova nufuzli maktablarga tayyorlab beradilar.

Farzandingizning yorqin kelajagi uchun hoziroq qadam qoʻying 💫

Hoziroq murojaat qiling👇
+998910626001

🧑‍💻

- biz ta'lim beramiz

Tarixdagi eng uzoq davom etgan urushlar1. Rim-Karfagen urushi (118 yil)Bu ikki davlatlar o‘rtasidagi 118 yillik urush 3 ...
13/12/2023

Tarixdagi eng uzoq davom etgan urushlar

1. Rim-Karfagen urushi (118 yil)
Bu ikki davlatlar o‘rtasidagi 118 yillik urush 3 ta yirik bosqich va ma’lum yillar sokinlik bilan kechdi va m.a. 264 yildan 146 yilgacha davom etdi. 

2. 100 yillik urush (116 yil)
Angliya va Fransiya oʻrtasidagi bu urush tanaffuslar bilan 1337-1453 yillar davomida boʻlib oʻtgan.

3. Yunon-fors urushlari (50 yil)
Bu urushlar ayrim sokinliklar davri bilan miloddan avvalgi 499-449 yillarga qadar davom etgan.

4. Gvatemala urushi (36 yil)
1960 yildan 1996 yilga qadar davom etgan bu fuqarolik urushiga “kommunizmga qarshi kurash” maqomi berilgan.

5. Oq va alvon atirgullar urushi (33 yil)
Angliyadagi ikki yirik sulola zodagonlari Plantagenet-Lankasterlar va Yorklar o‘rtasidagi bu urush 1455 -1485 yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan.

6. Peloponess urushi (27 yil)
Aslida bu nom ostida ikki yirik urush bo‘lib o‘tgan. Birinchisi – Kichik Peloponess urushi (m.a. 460-445 yillar). Ikkinchisi – Katta Peloponess urushi (m.a. 431-404 yillar).

Hey guys, today we are going to show super result of our student. Is it interesting for you? 🤗A’lo natijalar nafaqat oʻq...
11/12/2023

Hey guys, today we are going to show super result of our student. Is it interesting for you? 🤗

A’lo natijalar nafaqat oʻquvchilarni, balki ustozlarni ham ruhlantiradi. Axir ular mehnatlari samarasini koʻrishmoqda! Markazimizning a’lochi oʻquvchilaridan biri Hikmatulloh ham oʻz ustida tinimsiz ishladi. Bir emas, uchta ustozning ta’limini oldi. Koʻrib turganingizdek, bu oʻz mevasini berdi.

Siz hali ham bemaqsad telefon titkilab, kimningdir natijasiga havas qilib oʻtiribsizmi? Hoziroq oʻrningizdan turing va olgʻa qadam bosing. Siz ham havas qilishlariga loyiqsiz 💫

Hoziroq murojaat qiling👇
+998910626001

🧑‍💻

- biz ta’lim beramiz

Harakatsiz qanday oʻqiyman?Harakat bu harflarning ustidagi yoki ostidagi belgidir. Harakat bilan oʻqish ancha oson. Hara...
09/12/2023

Harakatsiz qanday oʻqiyman?

Harakat bu harflarning ustidagi yoki ostidagi belgidir. Harakat bilan oʻqish ancha oson. Harakatlarsiz o’qish uchun quyidagi 2 omil juda muhim hisoblanadi:
— Arab tiliga oid so’z boyligi;
— Sarf — Nahv ilmi.

✍🏻 Agar sizning so’z boyligingiz chindan yetarli bo’lsa, Sarf hamda Nahv ilmini chuqur egallagan bo’lsangiz, harakatsiz kelgan so’zni hech qanday qiyinchiliksiz t**a olasiz. Bunda matnning mazmuniga e’tibor berish ham muhim sanaladi.

Agar siz ham arab tilini malakali ustozlardan o’rganishni istasangiz, ThinkWellga tashrif buyuring 😉

- biz ta’lim beramiz

Globus qachon paydo boʻlgan?Birinchi globusni savdogar va navigator Martin Bexaym yaratgan. U uni “Erdapfel” deb ataydi,...
07/12/2023

Globus qachon paydo boʻlgan?

Birinchi globusni savdogar va navigator Martin Bexaym yaratgan. U uni “Erdapfel” deb ataydi, bu soʻz nemischa boʻlib, “Yer olma” degan ma’noni anglatadi. Uning yaratilishi 1492 yilga toʻgʻri keladi.

Globusning paydo bo’lishi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida, aniqrog’i, Xristofor Kolumb Hindistonga yangi dengiz yo’llarini qidirib, yangi qit’ani kashf etishidan bir yil oldin sodir bo’lgan. Deyarli 20 yil o’tgach, u bu yerlarning mavjudligini isbotlagan ispan navigatori Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb nomlandi.

Globusning diametri 54 sm boʻlib, hozirgi k***a Nyurnberg shahrining muzeyida saqlanadi.

Geografiya borasidagi bilimlaringizni mustahkamlamoqchi boʻlsangiz, markazimizdagi geografiya toʻgaragiga yoziling 😉

- biz ta’lim beramiz

Boshqa tillarda uchramaydigan arab tovushiArab tilidagi aksariyat harflar boshqa tildagi harflarga umuman mos kelmaydi. ...
06/12/2023

Boshqa tillarda uchramaydigan arab tovushi

Arab tilidagi aksariyat harflar boshqa tildagi harflarga umuman mos kelmaydi. Jumladan, “ح” — “ha” harfi. Bu harf o’zbek tilidagi “h” tovushiga o’xshab ketadi. Ammo talaffuzda biroz farq qiladigan tomonlari bor.

ThinkWell oʻquv markazida dars davomida har bir harf alohida o’rgatiladi, talaffuz qoidalari ustida ham astoydil ishlanadi. Bu esa Siz qisqa vaqt ichida arab tilining haqiqiy bilimdoniga aylanasiz, degani 😉

Shunday ekan, markazimizdagi arab tili kurslariga hoziroq yoziling ☺️

Hoziroq murojaat qiling👇
+998910626001

🧑‍💻

- biz ta’lim beramiz

Mis, kumush, oltin - “soqqali” elementlarTabiatda shunday inert(kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan) metallardan uchtasi ...
04/12/2023

Mis, kumush, oltin - “soqqali” elementlar

Tabiatda shunday inert(kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan) metallardan uchtasi nisbatan ko‘proq tarqalgan va ular bir-biriga ham kimyoviy, ham fizik jihatda juda o‘xshashdirlar. Ular - mis (29-raqamli element); kumush (47-raqamli jkelement) hamda oltindir (79-raqam).

Kumush misdan ham inertroq metall bo‘lib, sof holda ko‘proq uchraydi. Oltin esa, ushbu uch metall ichida eng inerti bo‘lib, shu bilan birga, eng kamyobi hamdir. Ba’zan, kumush va oltinning tabiiy qotishmasi ham uchrab turadi. Bunday qotishma elektrum deb ataladi.

Agar metallarning o‘tkazuvchanlik xususiyatiga qarab, 100 ballik shkalada ball berilsa, unda kumush 100 ball olgan bo‘lur edi. Shunday baholash tizimida, mis - 95, oltin 67 ball oladi. Misning o‘tkazuvchanligi kumushnikidan juda kam farq qiladi. Narxiga ko‘ra esa, mis kumushdan ancha arzon. Shu sababli, butun jahon bo‘ylab, maishiy va texnik elektr simlari asosan misdan tayyorlanadi.

Oltinning sofligi karat birligi bilan o‘lchanadi. Mutlaq sof oltin 24 karat bo‘ladi. Odatda, do‘konlarda sotiladigan tilla taqinchoqlarning sofligi 14 karat bo‘ladi. Ya’ni, unda 58% tilla, qolgan 42% esa mis bo‘ladi.

Oʻzbek xalq dostonlariDostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, ko‘tarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muam...
02/12/2023

Oʻzbek xalq dostonlari

Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, ko‘tarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining o‘tkirligi, personajlarining ko‘pligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq taqdiri turadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, do‘stlik va sadoqat, mehnatsevarlik g‘oyalari ilgari suriladi.

Dostonlarda ideallashtirish, mubolag‘ali tasvir ustun bo‘ladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar («Alpomish»dagi Boychibor), sehr-jodu ko‘p ishtirok etadi. O‘zbek xalq dostonlari orasida «Go‘ro‘g‘li» hamda «Rustamxon» dostonlari turkumligi mavjud bo‘lib, ular ham o‘z navbatida ko‘plab variantlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Dostonlar o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra qahramonlik («Alpomish», «Go‘ro‘g‘li»), jangnoma («Yusuf bilan Ahmad»), romanik («Malika Ayyor», «Dalli», «Kuntug‘mush») tarixiy («Xurshidoy», «Shaynboniyxon»), kitobiy («Farhod va Shirin») kabi turlarga bo‘linib o‘rganilib kelingan bo‘lsada, bular orasida qahramonlik va romanik dostonlar o‘z badiiy xususiyati, epik ko‘lami, mazmun-mohiyati, og‘zaki ijodga qo‘yilgan mezonlar nuqtai nazaridan alohida ajralib turadi.

Siz ham xalq og’zaki ijodi namunalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni xohlasangiz, markazimizdagi ona tili va adabiyoti kurslarimizda tahsil oling ☺️

- biz ta’lim beramiz

Dunyodagi eng yirik oʻsimliklar1. Eng katta oʻsimlik - PANDOPandoning ildiz tizimi 43,6 gektardan ortiq maydonni egallay...
01/12/2023

Dunyodagi eng yirik oʻsimliklar

1. Eng katta oʻsimlik - PANDO
Pandoning ildiz tizimi 43,6 gektardan ortiq maydonni egallaydi, bu deyarli Vatikanga teng. To‘qayning og‘irligi 6000 tonnadan oshadi.

2. Dunyodagi eng katta daraxt - Sekvoyya - "GENERAL SHERMAN" General Sherman qizil daraxtini quchoqlash uchun taxminan 20 kishi kerak. 2300–2700 yillik umri davomida daraxt balandligi 83,8 m gacha, diametri esa 31 m gacha o'sdi.

3. Eng keng gul: RAFFLESIA ARNOLD
Indoneziyaning Sumatra orolida oʻsadi. Ochiq kurtakning diametri bir metrdan oshadi va og'irligi taxminan 6 kg ga yetadi.

5. Eng bo'yi baland gul - AMORPHOPHALLUS TITANICUS
U besh-o'n yilda bir marta gullaydi va gullash ikki-uch kun davom etadi. Gulning balandligi 2,5 m va kengligi 1,5 m ga yetishi mumkin. Og'irligi taxminan 15-20 kg.

6. Eng katta suv oʻsimligi: VICTORIA AMAZONKA
Viktoriya amazonkaning vatani Janubiy Amerikadagi Amazon daryosi havzasi. Barglarning diametri 2 m dan oshadi va taxminan 50 kg og'irlikdagi odamni ushlab turishi mumkin.

Arab tilining boshqa tillardan farqi nimada?Yurtimizda arab tilini o'rganish surʼati borgan sari oshmoqda. Chunki u bosh...
30/11/2023

Arab tilining boshqa tillardan farqi nimada?

Yurtimizda arab tilini o'rganish surʼati borgan sari oshmoqda. Chunki u boshqa tillardan bir muncha farq qiladi.

Masalan:

➖ Lug'atlarining ko'pligi bo'yicha dunyo miqyosida 1-o'rinda turadi;
➖ Eng qadimgi tillar sirasiga kiradi;
➖ Ingliz, turk, ispan, rus, yunon va turkiy tillar kabi boshqa tillarga ham o'z ta'sirini o'tkazgan.

Siz ham bu tilni o'rganishni istasangiz, ThinkWellga tashrif buyiring va o'z kasbining yetuk mutaxassislaridan dars oling 🤓

- biz ta'lim beramiz

Farzandingiz lider boʻlishini xohlasangiz...Farzandingizni kelajakda aqlli, aʼlochi, lider boʻlishini xohlaysizmi? Xoʻsh...
29/11/2023

Farzandingiz lider boʻlishini xohlasangiz...

Farzandingizni kelajakda aqlli, aʼlochi, lider boʻlishini xohlaysizmi? Xoʻsh, buning uchun nima qilmoq kerak? Ularning ixtisoslashgan maktablarda, kuchli ustozlar qoʻlida tahsil olishi sizning bu orzuyingizni amalga oshirishi aniq 😉

Bu maqsad yoʻlida sizga professional ustoz darslarini taklif etamiz. Oliy toifali boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi, matematika va mantiqiy fikrlash boʻyicha mutaxassis Oʻlmasxon Shokirova nufuzli maktablarga tayyorlab beradilar.

Farzandingizning yorqin kelajagi uchun hoziroq qadam qoʻying 💫

Hoziroq murojaat qiling👇
+998905722647
+998912886262

🧑‍💻

- biz ta'lim beramiz

Address

Andijan Viloyati, Marhamat Shahri, Mustaqillik Ko'chasi, 117-uy
Marhamat

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when ThinkWell posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to ThinkWell:

Shortcuts

Share