Jarqo'rg'on tuman 21-maktab

Jarqo'rg'on tuman 21-maktab Jarqoʻrgʻon tuman 21-maktab hayoti va yangiliklari

14/09/2026
 📖 Dars taqsimoti bo‘yicha murojaatlar qabuli boshlanmoqdaSurxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi...
04/09/2026

📖
Dars taqsimoti bo‘yicha murojaatlar qabuli boshlanmoqda

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablarida dars soatlari taqsimoti bilan bog‘liq o‘qituvchilarning murojaatlarini o‘rganish va ularga huquqiy-tashkiliy tushuntirishlar berish yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘qituvchilarning dars taqsimoti yuzasidan murojaatlari amaldagi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida soha mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

📌 Murojaatlar joriy yilning 4-sentabr kuni Jarqoʻrgʻon tuman 21-sonli umumta’lim maktabda ⏰ soat 09:30 dan boshlab qabul qilinadi.

O‘qituvchilar dars taqsimoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini belgilangan tartibda mutaxassislarga bildirishi mumkin.

❗️ Izoh: Qabul jadvali suratda ko‘rsatilgan

02/09/2026

🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK NE’MAT, BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILINING BOSHLANISHI! 🔔📚

🎉 2026-yil 2-sentabr kuni Jarqo'rg'on tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026–2027-o‘quv yilining “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va yuqori saviyada tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbirda maktab jamoasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Bayram davomida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi, yosh avlodga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

🎁 Bayram tadbirining eng quvonchli va unutilmas lahzalaridan biri 1-sinf o‘quvchilariga Muhtaram Prezidentimiz tomonidan taqdim etilgan Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilishi bo‘ldi.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
📚 2026–2027-o‘quv yili barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ulkan zafarlar va yuksak natijalar yili bo'lsin.
Bizning kanal👉 https://t.me/+AXaWHnbIHYY2NjFi

 OLIY TA’LIM VA MAKTAB HAMKORLIGI-KELAJAK POYDEVORI! 📚Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) va Surxondaryo vi...
30/08/2026


OLIY TA’LIM VA MAKTAB HAMKORLIGI-KELAJAK POYDEVORI!
📚Termiz iqtisodiyot va servis universiteti (TISU) va Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’rtasida hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi.
✨ Ushbu Memorandumning maqsadi:zamonaviy o’quv metodikalari va texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish; ilm-fan va ta’lim sohasida konferensiya, mahorat darslari, seminar va forumlarni birgalikda tashkil etish; pedagog xodimlarning salohiyatini muntazam oshirib borish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb qilish maqsadida targibot ishlarini olib borish, raqamli texnologiyalar asosida ta’lim va ilm-fanning yangi platformalarini rivojlantirishdan iborat. Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida uzoq muddatli qo‘shma ta’lim dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bizning kanal👉 https://t.me/+AXaWHnbIHYY2NjFi

🎓 JARQOʻRGʻON TUMANI 21-MAKTAB BITIRUVCHILARI — YUQORI NATIJALAR! 🇺🇿🏆 Jarqoʻrgʻon tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim ma...
24/08/2026

🎓 JARQOʻRGʻON TUMANI 21-MAKTAB BITIRUVCHILARI — YUQORI NATIJALAR! 🇺🇿

🏆 Jarqoʻrgʻon tumani 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026-yil bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha munosib natijalarni qayd etdilar.

📚 Bitiruvchilarimiz yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining turli yo‘nalishlariga talabalik safiga qabul qilindi.

🌟 Ushbu natijalar maktabimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni oliy ta’limga tayyorlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasi bo‘ldi.

👨‍🏫 Ushbu muvaffaqiyatlarda munosib hissasi bor ustozlarimiz va ota-onalarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

🎯 21-maktab — bilim, intilish va yutuqlar maskani!
Bizning kanal👉 https://t.me/+AXaWHnbIHYY2NjFi

🎓 YAGONA QIYOFA — YUKSAK MADANIYAT!🏫 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili oldi...
20/08/2026

🎓 YAGONA QIYOFA — YUKSAK MADANIYAT!

🏫 Jarqo‘rg‘on tumanidagi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili oldidan yagona maktab formasi ko‘rgazmasi tashkil etildi.

👔 Ko‘rgazmada o‘quvchilar uchun tavsiya etilayotgan maktab formalarining namunalari namoyish etilib, ta’lim muassasasida tartib-intizom, ozodalik va yagona madaniyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Yagona forma — yagona qiyofa, yagona qiyofa — yuksak madaniyat!

19/08/2026



#21-maktab
Joriy yilning 19-avgust kuni Jarqo‘rg‘on tuman 21-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tuman “Kelajak” markazi bo'limi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida turli vazn toifasidagi o'smir yoshlar o'rtasida kurash musobaqasi tashkil etildi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvda yoshlar o‘zlarining kuch-g‘ayrati, irodasi va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bilan taqdirlandilar hamda faol qatnashgan o'quvchi yoshlar munosib e’tirof etildi. Umumjamoa hisobida 21-maktab o'quvchi yoshlari faxrli 1-o'rinni egalladilar.

Address

Surxondaryo
Jarkurghon

Opening Hours

Monday 09:00 - 17:00
Tuesday 09:00 - 17:00
Wednesday 09:00 - 17:00
Thursday 09:00 - 17:00
Friday 09:00 - 17:00
Saturday 09:00 - 13:00

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Jarqo'rg'on tuman 21-maktab posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share