28/01/2026
“Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi uchrashuvi Eshimjiron mahallasida
“Ma’naviyat karvoni” doirasida tumanning Eshimjiron mahallasida joylashgan 28- sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2025- yil 27- yanvar kuni o'tkazilgan navbatdagi muloqot uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.
Xususan, Murojaatnoma va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush darajasini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan vazifalar atroflicha tushuntirildi.
Muloqot davomida aholi bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif, tashabbus va murojaatlar tinglandi.