Gurlan ITCenter

  • Home
  • Gurlan ITCenter

Gurlan ITCenter IT Park Gurlan tuman

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!Xonadoningizdan fayz, qalbingizdan xotirjamlik, yurtimizdan tinchlik arimasin. Yaqinlaring...
27/05/2026

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Xonadoningizdan fayz, qalbingizdan xotirjamlik, yurtimizdan tinchlik arimasin. Yaqinlaringiz bilan birga o‘tadigan har bir lahza iliqlikka to‘lsin 🤍

Gurlan IT Park jamoasi barchangizni Qurbon hayiti bilan tabriklaydi!

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Gurlanlik 10-sinf o‘quvchisi sotuvni avtomatlashtirib, $1000 daromad topdi...
26/03/2026

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Gurlanlik 10-sinf o‘quvchisi sotuvni avtomatlashtirib, $1000 daromad topdi

Chamannoz Oʻrozboyeva 10-sinf oʻquvchisi va Gurlan tumanida loyiha doirasida tashkil etilgan darslarda tahsil oladi.

U “Zippy” sotuv jarayonlarini avtomatlashtiruvchi CRM tizimini ishlab chiqgan. Ushbu loyiha orqali $1000 dan ortiq daromad topgan.

Hozirda Chamannoz “Aminov” texnika markazi hamda Gurlan tumanidagi “Hadicha” va “Farhod ota” doʻkonlaridagi sotuv jarayonlarini avtomatlashtirib bergan.

"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi Istiqbolli (AyTi) karyera uchun noyob imkoniyat...

13/03/2026

Yoshlarning IT (AyTi) sohasidagi ekoloyihalari

“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” – Gurlan tumanida erishilayotgan yutuqlar

🏷 “O'zbekiston vaqti bilan” ko‘rsatuvida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi haqida so‘z yuritildi. Unda loyihaning Gurlan tumanidagi faoliyati hamda loyiha ishtirokchilarining erishgan natijalari haqida hikoya qilinadi.

➡️ Joriy yil sentabr oyidan boshlab loyihamiz Respublikamizning barcha viloyatlarida o‘z faoliyatini boshlaydi. Yoshlarni mazkur loyihada faol ishtirok etishga, o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishga chorlaymiz. Saralash imtihonlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlang!

✅"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi Istiqbolli (AyTi) karyera uchun noyob imkoniyat...

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Respublika boʻy...
23/01/2026

“Al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun mentorlikka qabul ochildi

📖Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi Respublika boʻylab "Al-Xorazmiy vorislari loyihasi"ning tashkil etilishi rejalashtirilayotgan dars mashg'ulotlari uchun sunʼiy intellekt, maʼlumotlar tahlili, kiberxavfsizlik, oʻyin yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha mentorlarni izlamoqda.

✅Mentorlikka talablar:
➡Game Development - o‘yinni ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Unity, Unreal Engine da ishlash tajribasi. C #, C++, Python va algoritmlarni ishlab chiqish tajribasi;
➡Artificial Intelligence & Machine Learning - sun'iy intellekt va mashinaviy o‘rganish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan TensorFlow, PyTorch, Scikit-learn va OpenCV bilan ishlash tajribasi. Python, R va algoritmlarni ishlab chiqish, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va ma'lumotlar tahlili bo‘yicha amaliy tajriba;
➡Data Analytics – ma'lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan SQL, Pandas, NumPy, Power BI va Tableau bilan ishlash tajribasi. Python, R va statistik tahlil, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish, biznes tahlili, mashinaviy o‘rganish asoslari hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡Cyber Security – kiberxavfsizlik bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan tarmoq xavfsizligi, xavfsiz kod yozish, pe*******on testing va ethical hacking bo‘yicha tajriba. Kali Linux, Metasploit, Wireshark, Burp Suite kabi vositalar bilan ishlash, xavfsizlik auditlari, zaifliklarni tahlil qilish, tarmoq va web-ilovalarning himoyasini ta’minlash, shuningdek, shifrlash va autentifikatsiya tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba;
➡ Frontend Development – Veb-interfeyslarni yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan HTML, CSS, JavaScript, shuningdek, React, Angular yoki Vue.js kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. Git, Webpack, Babel va turli brauzerlarda ishlash amaliyoti. UI/UX dizayn prinsiplari, responsiv dizayn va web-sayt performansini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tajriba.
➡Backend Development – Server-tomonini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan, Python (Django, Flask), Node.js (Express), Java (Spring) yoki PHP (Laravel) kabi texnologiyalar bilan ishlash tajribasi. API yaratish, ma'lumotlar bazalari (SQL, NoSQL), serverlar (Apache, Nginx) va bulutli platformalar (AWS, Google Cloud, Azure) bilan ishlash. Shuningdek, xavfsizlik va server arxitekturasi bo‘yicha amaliy tajriba.
➡Android Development – Android ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Java yoki Kotlin dasturlash tillari, Android Studio va Gradle bilan ishlash tajribasi. UI/UX dizayn, Material Design, ma'lumotlar bazasi (SQLite) va mobil ilovalarning performansi bo‘yicha amaliy tajriba. Firebase va turli APIlar bilan integratsiya qilish.
➡iOS Development – iOS ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Swift yoki Objective-C dasturlash tillari, Xcode va Cocoa Touch freymvorki bilan ishlash tajribasi. SwiftUI yoki UIKit, ma'lumotlar bazasi, RESTful APIlar va ilovalarni Apple App Store'ga joylash amaliyoti.
➡Cross-platform Mobile Development – Bir nechta platforma (iOS va Android) uchun ilova yaratish bo‘yicha chuqur bilim, shu jumladan Flutter (Dart) yoki React Native (JavaScript) kabi freymvorklar bilan ishlash tajribasi. State management, native funksiyalarga murojaat qilish va Firebase bilan ishlash amaliyoti.

✅Kerakli malaka va ko‘nikmalar:
➡O‘quvchilar va hamkasblar bilan muloqotga kirishuvchanlik;
➡Talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kelishmovchiliklarni hal qilishda yordam berish qobiliyati;
➡Yuqori darajadagi professionallik va mas’uliyatga ega bo‘lishi kerak;
➡Tahliliy ko‘nikmalar.

🔥Ish haqi suhbat asosida belgilanadi.

➡Ariza qoldirish uchun havola: https://forms.gle/oL2TqpPWjyQWm7317

Address

Gurlan

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Saturday 09:00 - 18:00

Telephone

+998990531199

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Gurlan ITCenter posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

  • Want your school to be the top-listed School/college?

Share