25/04/2026
Gurlan tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitobxonlik” mavzusida “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur darslar davomida o‘quvchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning tafakkur va nutq rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari haqida fikr almashdilar, qiziqarli savol-javoblar, bahs-munozaralar tashkil etildi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, muntazam mutolaa qilish odatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ushbu “Kelajak soati” darslarida MMIBO‘ F. Polvanova, yoshlar yetakchisi Q. Jumaboyev hamda sinf rahbarlari faol ishtirok etib, o‘quvchilarni kitobxonlikka targ‘ib qilish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish borasida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning samimiy suhbatlari va hayotiy misollari o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.