09/04/2021
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Sirdaryo IIV akademik litseyi birinchi kurs talabalari uchun kutubxonaning bugungi kundagi faoliyati haqida mutaxassislar tomonidan Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya davomida ro‘yxatga olish tartiblari bilan boshlangan va kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar , kitobxonlar kataloglari davom etgan ekskursiyada kitobxonlar kutubxona faoliyati va resurslari bilan tanishdilar. Ular Sirdaryo tuman axborot-kutubxona markazining axborot resurslaridan, ya’ni bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy kataloglardan, kartotekalardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, internet va WI-FI xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan ham tanishdilar. “Kitobxonlik haftaligi ” doirasida tashkil etilgan mazmunli va batafsil ekskursiya kutubxonaga ilk bor tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilarida katta taassurotlar qoldirdi.