25/02/2025
📌 JORIY YILNING 19.02.2025 SANASIDA ’’ DEBSEUZ ’’ LOYIHASINI MUHOKAMA QILISH MAQSADIDA ONLINE YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI.
✅ Erasmus+ loyiha dasturi doirasida amalga oshirilayotgan DEBSEUz loyihasining asosiy maqsadi – Yevropa mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridagi, xususan, quyosh energiyasi manbalaridagi tajribasini o‘rganish, ta’lim dasturlari bilan tanishish va O‘zbekistondagi tegishli oliy ta’lim muassasalarida mavjud samarali tajribalarni joriy etishdir.
💵 Ushbu yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi: - Loyiha boshqaruvi va koordinatsiya - Moliyaviy oqimlar va byudjetni boshqarish
- Loyihani bajarilgan ishlarini e’lon qilinishi - Bakalavriat dasturlarini tashkil etish - Yangi ta’lim dasturlarini tasdiqlash va akkreditatsiya qilish (FerPI, JizPI, KSU) va mavjud ta’lim dasturlarini yangilash - Laboratoriyalar va markazlarni tashkil etish - O‘zbekistonning 2 ta hamkor texnik universitetlarida trening va hamkorlik markazlarini pilot sifatida ishga tushirish - Sifat nazorati va monitoringi -Tarqatish rejasini amalga oshirish (o‘rta muddat), Tarqatish masalalari (FERPI);
Veb-saytni tayyorlash va yangilash
- Loyiha doirasida milliy konferensiya o‘tkazishga tayyorgarlik Online yig‘ilish davomida yuqoridagi masalalar yuzasida biriktirilgan universitet xodimlari so‘zga chiqib loyihani bajarish davomidagi qiyinchiliklar va yutuqlar haqida ma’lumot berishdi.
🔷 Yig‘ilish so‘ngida kelgusida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi tuzilib bajarilishi zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha kelishib olindi.