04/09/2026
Huquqiy yordam har bir inson uchun yaqin va ochiq bo‘lishi kerak.
Loyiha doirasida tashkil etilgan Farg‘ona viloyatidagi Yuridik klinika bugun ham faoliyatini davom ettirib, aholiga bepul huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.
Yoz oylarining o‘zida klinikaga 1 500 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Bu esa fuqarolarning o‘z huquqlarini himoya qilish va zarur yuridik ko‘mak olish uchun klinikaga tobora ko‘proq murojaat qilayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi k***a loyiha doirasida nafaqat Farg‘onada, balki Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda ham yuridik klinikalar faoliyat yuritib, aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
Agar sizga huquqiy maslahat yoki yuridik ko‘mak kerak bo‘lsa, Farg‘ona yuridik klinikasiga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Farg‘ona shahri, Farg‘ona yuridik texnikumi, 1-qavat.
———-
Yevropa Ittifoqi va Konrad Adenauer jamg‘armasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda inklyuziv jamoatchilik taraqqiyoti uchun fuqarolik jamiyati imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi boshchiligida, milliy hamkor — “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
————