17/02/2022
👲Shayh Sadiiy aytadi:
- Bir qancha donishmand vazirlar podshoh Anushirovon saroyida bir muhim masalani hal etish haqida maslahat qilishardi.
Ularning boshlig'i Buzurgmehr jim o'tirar, donishmandlar maslahatiga aralashmas edi.
Donishmandlar Buzrugmehrdan:
- Nega bizning maslahatimizga aralashib, o'z fikiringizni aytmayapsiz? - deb so'rashdi.
Buzrugmehr safdoshlariga bunday javob qaytardi:
- Vazirlar huddi tabiblarga o'xshashadi. Tabib kasal bo'lmagan odamga dori bermaydi.
Hal etishni istagan masalangiz ustida aytgan fikrlaringiz to'g'ri ekanini bilib turibman. Shunga ko'ra, bu masala ustida bir fikr aytishim hikmatdan emasdir!
Ahmad Muhammad Tursun "Rivoyatlar kitobi"