Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi

Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi Chirchiq shahar 1-son texnikumi

🏐🏆 BESH MUHIM TASHABBUS — VOLEYBOL MAYDONIDA YOSHLAR SHIJOATI!Chirchiq shahar 1-son texnikumida “Besh muhim tashabbus” d...
23/09/2026

🏐🏆 BESH MUHIM TASHABBUS — VOLEYBOL MAYDONIDA YOSHLAR SHIJOATI!

Chirchiq shahar 1-son texnikumida “Besh muhim tashabbus” doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.

Navbatdagi bellashuv 1- va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘quvchilar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va sport mahoratini namoyon etdilar.

🏆 Musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlanib, faol va mahoratli o‘yin namoyish etgan o‘quvchilar saralab olindi. Ular asosida Chirchiq shahar 1-son texnikumining voleybol bo‘yicha terma jamoasi shakllantirildi.

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

🏗️ KASBLAR SHAHARCHASI — YANGI IMKONIYATLAR MASKANIChirchiq shahar hokimi M. Abduraximov Chirchiq shahar 1-son texnikumi...
22/09/2026

🏗️ KASBLAR SHAHARCHASI — YANGI IMKONIYATLAR MASKANI

Chirchiq shahar hokimi M. Abduraximov Chirchiq shahar 1-son texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida texnikum hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Kasblar shaharchasi” loyihasi taqdimoti bilan tanishildi. Loyihaning mazmun-mohiyati, yaratiladigan sharoitlar hamda yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

✨ “Kasblar shaharchasi” — yoshlar uchun yangi kasblar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

https://www.instagram.com/p/DdmB8cNgHo8/?stkn=bnpyMDBya3JyeGcz

🏃‍♂️🏆 BESH MUHIM TASHABBUS — SPORT VA SOG‘LOM TURMUSH TARZI SARI!Chirchiq shahar 1-son texnikumida yoshlarning bo‘sh vaq...
22/09/2026

🏃‍♂️🏆 BESH MUHIM TASHABBUS — SPORT VA SOG‘LOM TURMUSH TARZI SARI!

Chirchiq shahar 1-son texnikumida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh muhim tashabbus”ning ikkinchi tashabbusi doirasida yengil atletikaning 4×100 metr estafeta turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada o‘quvchi-yoshlar tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va jamoaviy hamjihatlik borasidagi mahoratlarini namoyon etdilar.

⚡️ Har bir yugurish — yangi marralar sari qadam!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

https://www.instagram.com/p/DdlafEQEd2w/?stkn=MWxoZzIwYXJuOXMzcQ==

🌺 MILLIYLIK — QADRIYAT VA G‘URUR TIMSOLIChirchiq shahar 1-son texnikumida “Milliylik kuni” keng nishonlandi.Tadbirda o‘q...
11/09/2026

🌺 MILLIYLIK — QADRIYAT VA G‘URUR TIMSOLI

Chirchiq shahar 1-son texnikumida “Milliylik kuni” keng nishonlandi.

Tadbirda o‘quvchi-yoshlar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizni namoyish etib, milliy liboslarimizdagi betakror go‘zallik va nafislikni targ‘ib etdilar.

Tadbirda “Iftixor” MFY xotin-qizlar faoli ham ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildi.

🇺🇿 Milliylik — o‘zligimiz, qadriyatlarimiz va milliy g‘ururimiz ifodasidir!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

https://www.instagram.com/p/DdJ1KipCAdA/?stkn=M3owZ2lhbjQ1NDF1

🛡️ Payshanba — profilaktika kuniChirchiq shahar 1-son texnikumida “Payshanba — profilaktika kuni” munosabati bilan o‘quv...
10/09/2026

🛡️ Payshanba — profilaktika kuni

Chirchiq shahar 1-son texnikumida “Payshanba — profilaktika kuni” munosabati bilan o‘quvchilarning davomati va ta’lim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilishga qaratilgan targ‘ibot-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda Chirchiq shahar IIB HPB VYeMB katta inspektor-psixologi, mayor Abdullayev Shohjaxon Abduhokim o‘g‘li ishtirok etib, o‘quvchilarning davomatini o‘rgandi hamda ular bilan profilaktik suhbatlar olib bordi.

Suhbatlar davomida o‘quvchilarga ta’limga mas’uliyat bilan yondashish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

🇺🇿🎓 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI!Chirchiq shahar 1-son texnikumida yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi...
02/09/2026

🇺🇿🎓 YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI!

Chirchiq shahar 1-son texnikumida yangi 2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda texnikumning 1-bosqichiga qabul qilingan o‘quvchilar tantanali kutib olinib, ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilandi.

Tantanali tadbirni texnikum direktori v.v.b. B. Xudayqulov ochib berib, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘quvchilarni samimiy muborakbod etdi hamda ularga bilim olish, kasb egallash va kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlarida omad tiladi.

Tadbir davomida Vatanimiz mustaqilligining qadr-qimmati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kasbiy ta’limning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

✨ Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, katta maqsadlar va yorqin yutuqlar yili bo‘lsin!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

https://www.instagram.com/p/Dcx01xQESX7/?igsi=MXZnZ3ZuaTd3Y3dzeg==

🎓 2026–2027 o‘quv yili qabuli davom etmoqda!Chirchiq shahar 1-son texnikumida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonla...
02/07/2026

🎓 2026–2027 o‘quv yili qabuli davom etmoqda!

Chirchiq shahar 1-son texnikumida 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Kasb-hunar egallashni maqsad qilgan yoshlar texnikumga hujjat topshirib, o‘z kelajagi sari muhim qadam tashlamoqdalar.

✨ Zamonaviy kasblar, dual ta’lim, malakali ustozlar va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim — bularning barchasi sizni Chirchiq shahar 1-son texnikumida kutmoqda.

📌 Kelajagingizni bugundan boshlang — kasb tanlang, muvaffaqiyat sari dadil qadam qo‘ying!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

https://www.instagram.com/p/DaSqNNsiIWP/?igsh=NXc3czJ5enBlNnE1

⚡🔧 Amaliy bilim — kasbiy mahorat mezoniChirchiq shahar 1-son texnikumining 21-25-guruh “Elektromontyor” yo‘nalishi o‘quv...
29/06/2026

⚡🔧 Amaliy bilim — kasbiy mahorat mezoni

Chirchiq shahar 1-son texnikumining 21-25-guruh “Elektromontyor” yo‘nalishi o‘quvchilari “Elektr zanjirlarini elektron o‘lchash va sinash” fanidan yil yakuni bo‘yicha yakuniy nazorat ishi topshirdilar.

O‘quvchilar bajarilgan amaliy topshiriqlar orqali elektr zanjirlarini o‘lchash, sinash va nosozliklarni aniqlash bo‘yicha egallagan bilim hamda ko‘nikmalarini amalda namoyon etdilar.

✨ Mazkur amaliy ishlar o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligi, mustaqil ishlash ko‘nikmalari va kelajakdagi mutaxassis sifatidagi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

🏆👩‍🎓 Kasbiy mahorat sari dadil qadamToshkent tumani 1-son texnikumida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ...
27/06/2026

🏆👩‍🎓 Kasbiy mahorat sari dadil qadam

Toshkent tumani 1-son texnikumida tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining viloyat bosqichida Chirchiq shahar 1-son texnikumi o‘quvchi-qizlari ham munosib ishtirok etdilar.

Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va ijodiy yondashuvlarini namoyon etib, belgilangan topshiriqlarni mahorat bilan bajardilar.

✨ Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning tajriba almashishi hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Chirchiq shahar 1-son texnikumi jamoasi ishtirokchi o‘quvchi-qizlarimizga keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaydi!

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

🛠 Kelajak mutaxassislari sinov maydonidaAyni damda Chirchiq shahar 1-son texnikumida barcha guruhlarda kasbiy-amaliy imt...
24/06/2026

🛠 Kelajak mutaxassislari sinov maydonida

Ayni damda Chirchiq shahar 1-son texnikumida barcha guruhlarda kasbiy-amaliy imtihonlar jarayoni davom etmoqda.

Imtihonlar davomida o‘quvchilar o‘zlari egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda namoyon etib, kasbiy ko‘nikma va malakalarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.

✨ Jarayon belgilangan mezonlar asosida shaffof va xolisona tashkil etilib, o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi baholanmoqda.

https://t.me/chirchiqshahar1sontexnikumi

Address

г. Чирчик 2 микрорайон 22 дом
Chirchik

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 16:00

Telephone

+998707144125

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The School

Send a message to Chirchiq shahar kasb-hunar maktabi:

Shortcuts

Share

Category