27/04/2026
Ilm – kelajak poydevori!
10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-"A" va 8-"B" sinflar o‘rtasida biologiya fanidan qiziqarli va mazmunli ilmiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar innovatsion metodlar asosida tayyorlangan turli shartlar bo‘yicha bellashib, o‘z bilim, tafakkur hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Ayniqsa, STEM yondashuvi asosida tayyorlangan amaliy loyihalar va tajribalar tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi. Ishtirokchilar biologiya fanining nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, kreativ yondashuv hamda ilmiy fikrlash salohiyatini namoyish etdilar.
Mazkur tadbir yoshlarning ilm-fanга bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mustaqil izlanish va innovatsion fikrlashni rivojlantirishga xizmat qildi.
Ilmga intilgan yoshlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi!