Buxoro tuman 49 maktab rasmiy

Buxoro tuman 49 maktab rasmiy Buxoro tumani 49 - maktab.

11/06/2026

Buxoro tuman 49-maktabda tashkil etilgan sog'lomlashtirilgan maydonchasidan tayyorlangan videorolik

09/06/2026
2026-yil 2-iyun kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 9-sinf bitiruvchilari...
05/06/2026

2026-yil 2-iyun kuni Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 9-sinf bitiruvchilari uchun onlayn (Zoom) konferensiya o‘tkazildi. Unda Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Prezidentning iqtidorli farzandlari” davlat dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur taqdimotda dasturning Buxoro viloyati bosh maslahatchisi Billura Ikromova hamda ushbu loyihaning 5-bosqich g‘olibi, Buxoro tumani 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf bitiruvchisi Sunnatjon Nodir o‘g‘li Toirovo‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Bu kabi nufuzli loyiha g‘oliblari orasida maktabimiz o‘quvchisining borligi hamda butun viloyat 9-sinf bitiruvchilariga maktabimiz nomidan loyiha finalisti sifatida taqdimot qilingani alohida e’tiborga loyiqdir.
Sunnatjon o‘zining tirishqoqligi va intiluvchanligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Kelajakda tibbiyot sohasida faoliyat olib borishni maqsad qilgan bo‘lishiga qaramay, u hozirning o‘zidayoq xalqaro IELTS (7 ball) hamda SAT (1290 ball) sertifikatlariga ega. Shuningdek, u universitet darajasidagi bilimlarni baholovchi nufuzli xalqaro AP (Advanced Placement) Biologiya va Kimyo dasturlari bo‘yicha imtihonlarda qatnashib, yuqori darajadagi natijalarni qo‘lga kiritgan. O‘zining ushbu yuqori intellektual salohiyati evaziga Sunnatjon Milliy sertifikatdan kimyo va biologiya fanlaridan 100% lik natija(A) qayd etib; O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.
Bundan tashqari, Sunnatjon bir qator xalqaro maqolalar muallifi va volontyorlik ishlari faolidir. U "Prezidentning iqtidorli farzandlari" davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan saralashlarda respublika bo‘yicha 1500 nafar eng kuchli nomzod orasidan faxrli 23-o‘rinni (Ranked 23/1500) egalladi. Ushbu yirik Milliy dasturning mutloq g‘olibi sifatida Sunnatjon shu yilning yoz faslida Xitoyning Shanxay shahridagi, dunyo reytingida top-30 talikka kiruvchi nufuzli Fudan universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etib qaytadi.
Biz Sunnatjonning bugungi muvaffaqiyatli taqdimotini hamda maktabimiz nufuzini respublika va xalqaro miqyosda yuqori cho‘qqilarga ko‘tarayotganini g‘urur bilan olqishlaymiz! Kelajakda maktabimizda u kabi iqtidorli o‘quvchilar ko‘payishini, Sunnatjon esa o‘z yutuqlari bilan ta’lim dargohimiz shuhratini yanada ko‘klarga ko‘tarishini tilab qolamiz.

Address

Buxoro Tuman Navro’z MFY Fayzulla Xo’jayev Ko’chasi
Bukhara

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Buxoro tuman 49 maktab rasmiy posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share