02/04/2026
2-maktabning iste’dodli bitiruvchisi – Hamroqulov Jasurjon Sayli o‘g‘li, joriy 2026-yilda texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, olim sifatida faoliyatini boshladi. Hozirda u “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda va texnika sohasida innovatsion ishlanmalar yaratmoqda. Jasurjonning yutuqlari yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib, ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda va maktabimiz obro‘-e’tiborini yanada ko‘tarmoqda.