Beshariq tumani 52 - maktab rasmiy sahifasi

Beshariq tumani 52 - maktab rasmiy sahifasi Farg'ona viloyati, Beshariq tumani 52-umumiy o'rta ta'lim maktabining rasmiy sahifasi

Kitob tuganmas xazina!Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob s...
13/10/2021

Kitob tuganmas xazina!

Inson qo‘lidagi turli-tuman qurol-yaroq, asbob-uskunalar orasida eng g‘aroyibi, shubhasiz, kitob sanaladi. Qolganlarini uning jismoniy davomi, deyish mumkin. Mikroskop va teleskop - ko‘zning davomi, telefon - ovozning, omoch va qilich - qo‘lning. Biroq kitob - butunlay boshqa narsa, kitoblar - xotiralar va tasavvurlarning davomidir.

Darhaqiqat, kitob odamzodning xotirasi xazinasidir.

✍️ Luis Xorxe Borxes

Assalomu alaykum hurmatli o'qituvchilar, o'quvchilar hamda ota onalar!📢 Beshariq tumanida joylashgan 52 - o'rta ta'lim m...
13/10/2021

Assalomu alaykum hurmatli o'qituvchilar, o'quvchilar hamda ota onalar!

📢 Beshariq tumanida joylashgan 52 - o'rta ta'lim maktabi ijtimoiy tarmoqlarda ham o'z faoliyatini boshlaganini ma'lum qilamiz.

Ushbu sahifalarimiz orqali nimlar joylab boriladi?
▪️ O'quvchilarni ilm olishga targ'ib qiluvchi hikmatli so'zlar;
▪️ Maktab, o'quvchilar va o'qituvchilar faoliyatiga doir yangiliklar;
▪️ Maktabimizda tashkil etilgan to'garaklar, ularda olib borilayotgan darslardan foto, video lavhalar;
▪️ O'quvchilarmizni "Olimpiada", "Bilimlar bellashuvi" va boshqa maktabimiz, tuman, viloyat hamda Respublika miqyosida o'tkazilgan tanlovlarda erishgan yutuqlari;
▪️ O'qituvchilarimizni yutuqlari, ilmiy salohiyati, dars berish mahorati haqida ma'lumotlar berib boriladi.

Asosiy maqsadimiz:
🔹 Iste'dodli o'quvchilarimizni o'z qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun imkoniyat yaratib berish;
🔹 Maktabimiz faoliyati haqida ota onalar va boshqalarni xabardor qilib borish;
🔹 Maktab, o'qituvchi, o'quvchi hamda ota onalar o'rtasidagi aloqani yana ham yaqinlashtirish.

❕ Yaqin kunlar ichida maktabimizning rasmiy veb saytini ham ishga tushirmoqchimiz. Bu ishni Informatika va Axborot Texnologiyalari fanidan tashkil etilgan to'garakda ta'lim olayotgan o'quvchilar bilan birgalikda amalga oshirish niyatidamiz.

Address

Farg'ona Viloyati, Beshariq Tumani, Yakatut Qishlog'i
Beshariq

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Beshariq tumani 52 - maktab rasmiy sahifasi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category