Angren_Universiteti

Angren_Universiteti

Share

Angren universiteti — Ta’lim olamining zamonaviy formati

Photos from Angren_Universiteti's post 13/05/2026

‘zbekiston_talabalari_Olimpiadasi


“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” doirasida yengil atletika musobaqalari o‘tkazildi.

2026-yil 13-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada Toshkent viloyatidagi 7 ta oliy ta’lim tashkiloti jamoalari tarkibida 70 nafardan ortiq iqtidorli va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ular yengil atletikaning 20 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Angren universiteti Ingliz filologiyasi yo‘nalishi 25-4-guruh talabasi Turg‘unbayev Nekruz Rustamjonovich 400 metrga yugurish bahslarida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Photos from Angren_Universiteti's post 12/05/2026



🏓🏓🏓🏓🏓

👍 2026-yil 12-may kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida Toshkent viloyati oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida stol tennisi sport turi bo‘yicha musobaqalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada tashkil etildi.

🔸 Mazkur musobaqada Toshkent viloyatidagi 8 ta oliy ta’lim tashkiloti jamoalari tarkibida sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.

🏓 Natijalar bilan tanishing:

🏓 Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida:
🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈— Angren universiteti
🥉— International School of Finance Technology and Science (ISFTS)

🏓 Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida:
🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈— Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali
🥉— Belarus-O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti

🏓 Miks bahslarida:
🥇— Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥈— Tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali
🥉— Angren universiteti

🔺Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda talabalar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

🔸 Angren universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!✅

🔗Universitetda qanday ta'lim shakllari va ta'lim yo‘nalishlari mavjud?
🔵Kunduzgi;
🔵Magistratura.

📄Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati⬇️
🔺Davolash ishi
🔺Maktabgacha ta’lim
🔺Boshlang’ich ta’lim
🔺Pedagogika
🔺Iqtisodiyot
🔺Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔺Xorijiy til va adabiyot
🔺Filologiya va tillarni oʻqitish (o'zbek/rus/ingliz/nemis/fransuz tillari)
🔺Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
🔺Psixologiya
🔺Matematika
🔺Logistika
🔺Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔺Konchilik ishi

📄Magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati ⬇️
🔺Iqtisodiyot
🔺Psixologiya
🔺Xorijiy til va adabiyoti
🔺Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim)

🔺Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
— Litsenziya (№356076 15.08.2024

Hoziroq ro’yxatdan o’ting - admit.auniver.uz

Axborot-maslahat markazi:

+998 94 598 88 88
+998 94 160 30 98
+998 93 425 99 99
+998 90 983 10 04

Photos from Angren_Universiteti's post 12/05/2026

В Ангренском университете прошли духовно-просветительские мероприятия, посвящённые 9 мая — Дню Памяти и Почестей

Во исполнение Приказа Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан №05/61-70-25 от 7 мая 2026 года преподаватели кафедры «Языка и методики его преподавания» Рахманова Г.Г., Цой А.П., Набиева К.А., а также студенты групп РФ-24-1, РФ-25-1, РФ-25-2, ИФ-25-5 и ИФ-25-6 Ангренского университета организовали и провели ряд духовно-просветительских мероприятий.

В рамках мероприятий были возложены цветы к мемориалам «Скорбящая мать» и «Г.С. Чикрызов» в городе Ангрене.

Студенты также посетили Государственный музей Вооружённых сил Республики Узбекистан в городе Ташкенте, где ознакомились с историей и героическим прошлым нашей страны.

Кроме того, участники мероприятия побывали в Центре исламской цивилизации Узбекистана — крупнейшем культурно-просветительском комплексе, объединяющем музей, научно-исследовательские центры, библиотеки и образовательные подразделения.

Проведённые мероприятия были направлены на сохранение памяти о предках, воспитание у молодёжи чувства патриотизма, национального самосознания, любви и преданности Родине.

12/05/2026

QABUL UCHUN RO'YXATDAN O'TISH BOSHLANDI

🔸 Angren universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!✅

🔗Universitetda qanday ta'lim shakllari va ta'lim yo‘nalishlari mavjud?
🔵Kunduzgi;
🔵Magistratura.

📄Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati⬇️
🔺Davolash ishi
🔺Maktabgacha ta’lim
🔺Boshlang’ich ta’lim
🔺Pedagogika
🔺Iqtisodiyot
🔺Moliya va moliyaviy texnologiyalar
🔺Xorijiy til va adabiyot
🔺Filologiya va tillarni oʻqitish (o'zbek/rus/ingliz/nemis/fransuz tillari)
🔺Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
🔺Psixologiya
🔺Matematika
🔺Logistika
🔺Axborot tizimlari va texnologiyalari
🔺Konchilik ishi

📄Magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati ⬇️
🔺Iqtisodiyot
🔺Psixologiya
🔺Xorijiy til va adabiyoti
🔺Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim)

Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
— Litsenziya (№356076 15.08.2024)

Hoziroq ro’yxatdan o’ting - admit.auniver.uz

Photos from Angren_Universiteti's post 12/05/2026

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida kompleks sport musobaqalari o‘tkazildi

Basketbol 3x3 sport turi bo‘yicha musobaqa Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazildi. Unda 8 ta oliy ta’lim muassasasi talaba qizlari o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa davomida ishtirokchilar yuqori sport mahorati, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy o‘yin madaniyatini namoyon etdilar. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin — Agrar universiteti
2-o‘rin — ChDPU
3-o‘rin — Angren universiteti

Angren universiteti talaba qizlari musobaqada munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladilar. Ularning o‘yinlari davomida jamoaviylik va intizom yaqqol ko‘zga tashlandi.

Bu natija universitet sport jamoasi uchun muhim yutuq bo‘lib, kelgusidagi musobaqalar uchun katta tajriba va motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Photos from Angren_Universiteti's post 12/05/2026

Geodeziya fanidan dala-o‘quv amaliyoti davom etmoqda

Angren universiteti Iqtisodiyot va huquq fakultetining Konchilik ishi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari “Geodeziya” fanidan olgan nazariy bilim va ko‘nikmalarini dala-o‘quv amaliyoti jarayonida mustahkamlashdi.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar geodezik o‘lchov ishlarini bajarish, zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

08/05/2026

Angren universiteti jamoasi “Xotira va qadrlash kuni” tadbirida ishtirok etdi

🔸Angren universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ham 9 may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

🔺Bugun ertalab “Yangi Angren xiyoboni”dagi “Xotira maydoni”da joylashgan “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Tadbirda Ikkinchi jahon urushi yillarida Vatan tinchligi va ozodligi uchun jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yuksak hurmat bilan yod etildi.

🔺Angren universiteti jamoasi ham ushbu ma’naviy tadbirda ishtirok etib, o‘z hurmat va ehtiromini bildirdi. Talabalar va ustozlar urush yillarida qahramonlik ko‘rsatgan insonlar xotirasiga ta’zim qilib, ularning jasorati bugungi tinch hayot uchun asos bo‘lganini ta’kidladilar.

🔺Tadbir davomida yoshlar Vatanparvarlik, insonparvarlik va tinchlikni asrash g‘oyalarining ahamiyati haqida fikr almashdilar. Universitet vakillari bunday tadbirlar yosh avlodni tarixiy xotirani qadrlash va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar.

🔺Xotira va qadrlash kuni Angren universiteti jamoasi uchun o‘tgan avlodlar oldidagi burch va minnatdorlik tuyg‘usini yana bir bor namoyon etgan ma’naviy ahamiyatga ega sana sifatida nishonlandi.

Photos from Angren_Universiteti's post 07/05/2026

Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi — sog‘lom kelajak va mas’uliyatli avlod sari

2026-yil 7-may kuni Angren shahrida “Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbir Angren universitetida tashkil etildi va unda universitet direktori Sh.X. Sadiyeva, universitet rektori Sh.A. Mutalov, Angren shahar IIB boshlig‘i A. Mirxodjayev hamda Toshkent viloyati 2-mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi markazi boshlig‘i, podpolkovnik N. Saidov, shuningdek professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ularning muammo va takliflari tinglandi. Ta’lim olish imkoniyatlari, kasb-hunar egallash va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilar yoshlar orasida uchrayotgan salbiy holatlar, ularning sabab va oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berdilar. Giyohvandlik va psixotrop moddalar inson salomatligi, ruhiy holati va jamiyat barqarorligiga jiddiy zarar yetkazishi ta’kidlandi.

Shuningdek, internet muhitida tarqalayotgan zararli axborotlar va yot g‘oyalarning yoshlar ongiga ta’siri haqida ham fikr bildirildi. Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va qonunga hurmat hissini kuchaytirish muhim vazifa ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi bunday muloqotlar ishonchni mustahkamlashi, muammolarni birgalikda hal qilishga xizmat qilishi va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Photos from Angren_Universiteti's post 07/05/2026

Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun, 9-may — “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan 42219-harbiy qismda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Angren universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir ajdodlarimiz xotirasini yod etish, Vatan ravnaqi va tinchligi yo‘lida xizmat qilgan fidoyi insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur hamda sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida harbiy qism faoliyati bilan yaqindan tanishildi, harbiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi hamda xotira va qadrlash ruhidagi chiqishlar namoyish etildi.

Photos from Angren_Universiteti's post 07/05/2026

ANGREN SHAHAR IIB BINOSI MUZEYIGA TALABALAR TASHRIFI TASHKIL ETILDI

Vazirlikning 2026-yil 1-maydagi 173-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, talabalar uchun Angren shahar IIB binosi muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Tashrif davomida talabalarga huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek:

IIBning navbatchilik qismi faoliyati;
tezkor xizmatlar ish jarayoni;
profilaktika inspektorlari faoliyati;
zamonaviy kuzatuv va xavfsizlik tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashrif davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik, qonunga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qildi.

Photos from Angren_Universiteti's post 02/05/2026

Zakovat maydonida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi

Angren universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, ularni mantiqiy fikrlashga undash va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Intellektual o‘yinni universitet rektori Sh. Mutalov ochib berdi. U barcha ishtirokchilarga omad tilab, ushbu bellashuv yoshlar uchun muhim tajriba maktabi ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash uchun “Pedagogika va tillar” fakulteti “Til va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi I. Jabborovga so‘z berildi.

Mazkur bellashuvda jami 17 ta jamoa ishtirok etdi. Angren universiteti talabalari bilan bir qatorda Jahon tillari universiteti hamda 4-sonli texnikum talabalari ham o‘z jamoalari bilan faol qatnashdilar. Har bir jamoa o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, qiziqarli va keskin bahslar olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

1-o‘rin Angren universitetining “Level up” jamoasiga nasib etdi.
2-o‘rinni Angren universitetining “Friends” hamda Jahon tillari universitetining “Intilix” jamoalari qo‘lga kiritdi.
3-o‘rin Angren universitetining “Tag‘olar” va Jahon tillari universitetining “Dominant jamoalariga berildi.

Tadbirda Xalq Demokratik partiyasining Angren bo‘limi xodimlari ham ishtirok etib, o‘z jamoasi va sovg‘alari bilan bellashuvga o‘z hissasini qo‘shdi. Ular so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, yoshlarning ilmiy va ma’naviy faoliyatida muvaffaqiyat tilashdi.

Mazkur intellektual o‘yin nafaqat bilimlar sinovi, balki yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim platforma bo‘ldi.

Want your school to be the top-listed School/college in Angren?

Click here to claim your Sponsored Listing.

Location

Telephone

Website

https://admit.auniver.uz/login

Address

Fleyshmaxer Ko'chasi 2-uy
Angren