21/10/2025
Аngren shahar MMTBga qarashli 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2025- yil 21- oktabr kuni " 21- oktyabr o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" bayrami munosabati bilan 4-" B " sinf rahbari Rahmonova Nortoji " Ona tilim- jon- u dilim" mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirni maktab direktori G. M. Usmanova kirish so'zi bilan ochib berdi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan til haqida ma'lumotlar, tilni madh etuvchi she'rlar ifodali yoddan aytildi, jozibali raqslar , ohangdor qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir ko'tarinki ruhda tashkil etildi.