24/03/2026
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti Organik dehqonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasining Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 19-guruh talabalari uchun "Bioxilma-xillik va uning muhofazsi" fanidan mustaqil ta’lim bo‘yicha bajarilgan ishlarning himoyasi o‘tkazildi.
Himoya jarayonlarida Agrobiologiya fakulteti dekani I. Tursunov, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Sh. Teshaboyev va Organik dehqonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Talabalar o‘zlari mustaqil ravishda tayyorlagan videoroliklar, maketlar, taqdimotlar, innovatsion va kreativ ishlanmalar bilan ishtirok etib, ularni muvaffaqiyatli himoya qilib berdilar.
Oʻtkazilgan mustaqil taʼlim himoyasi talabalarni ushbu fanlarning to'garaklariga qiziqishi ortishi, bo'sh vaqtlarini ilm bilan shug'ullanishi, shu vaqtgacha ustozlardan olgan bilimlarini o'zlari katta minbarlarda namoyon qilib berishiga zamin yaratdi.
Ushbu anjumandan soʻng nafaqat mustaqil taʼlim himoyasida qatnashgan talabalar balki anjumanda qatnashgan talabalarga Ekologik madaniyatga boʻlgan eʼtiborini kuchayishi va soha mutaxassisi boʻlishiga, shuningdek, tabiatga boʻlgan munosabatni oʻzgarishi va ekologiyaga boʻlgan qiziqish va qobiliyatlari oʻsishiga sabab boʻldi.
Tadbir oxirida fakultet dekani va professor oʻqituvchilari tomonidan ushbu talabalarga minnatdorchiliklar, mustaqil taʼlim himoyasiga puxta tayyorgarlik koʻrganliklarini aytib,ularni kelgusi ilm yoʻlida ulkan muvaffaqiyatlar tilashini bildirib oʻtdi.