21/12/2025
🎓Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘li dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Sharofiddin Xoshimjonov Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha “Turkiston ASSRda sovet hokimiyatining mulkdorlar va tadbirkorlar qatlamiga nisbatan yuritgan siyosati (1918-1924-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Sharofiddin Xoshimjonov tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Universitet jamoasi nomidan Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘lini ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!
👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!
21/12/2025
🎓Turaxodjayev Saidmurod Sayidvoqqozovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi
Bugun, 20-dekabr kuni Andijon davlat universiteti O’zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidmurod Turaxodjayev Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida 07.00.01 – O’zbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha “1916-1924-yillarda Turkistonda aholi migratsiyasi (safarbarlik, qochoq va och-qochoq, evakuatsiya, reevakuatsiya jarayonlari)” mavzusidagi tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi oʻtkazildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Saidmurod Turaxodjayev tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
Universitet jamoasi nomidan Turaxodjayev Saidmurod Sayidvoqqozovichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!
👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!
22/08/2025
🌿 Andijon davlat universiteti jamoasi xayriya hasharida faol qatnashmoqda
Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi arafasida, atrof‑muhitni asrab‑avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Erta tongda universitetimizda rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor‑o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va ko‘ngilli yoshlar ishtirokida oliygoh binolarining ichki va tashqi hududlari, yashil maydonlar, yotoqxonalar va umumiy hududlarda reja asosida hamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hashar davomida universitetimiz jamoasi tomonidan belgilangan hududlardagi yo‘laklar tartibga keltirilib, zararli hasharotlardan saqlash maqsadida 800 dan ortiq daraxtlar oqlandi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davomida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga tashkiliy ravishda olib chiqildi. 2000 kv/m maydondagi ekin yerlari tartibga keltirildi, 500 dan ortiq daraxt va gullarga shakl berilib, begona o‘tlardan tozalandi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va ona tabiatni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, ekologik tarbiyani jamiyatning barcha qatlamlariga singdirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda tabiatni himoyalashda har bir fuqaroning faol ishtirokini ta’minlash zarurdir. Tabiatga mehr bilan yondashib, uning pokligi va musaffoligini saqlash orqali biz kelajak avlodlarga sog‘lom, barqaror va farovon yashash muhitini taqdim etamiz.