30/10/2024
Kecha, 29-oktabr kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali tabiiy va tibbiy fanlar kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarning sogʻlom turmush tarziga amal qilish va sport bilan muntazam shugʻullanish muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
28/10/2024
Qo‘qon universiteti Andijon filialida boshqa viloyatdan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar kecha bo‘lib o‘tgan saylovda faol ishtirok etdi.
Siz-chi, Siz saylovda ishtirok etdingizmi?
27/10/2024
Qo‘qon universiteti Andijon filiali jamoasi saylovda faol ishtirok etdi.
Siz-chi, Siz saylovda ishtirok etdingizmi?
24/10/2024
TALABALAR TURAR JOYIDA SEMINAR-TRENING BO‘LIB O‘TDI
🏫Bugun, 24-oktyabr kuni Klinik fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari Talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashib, ularga kasbga yo'naltirish bo'yicha seminar-trening tashkil etdilar.
🇺🇿Professor-o‘qituvchilar talabalarga kelajakda oʻz mutaxassisligini toʻgʻri tanlash, qaysi kasbga qobiliyatlari borligini aniqlash boʻyicha ilmiy asoslangan maslahatlar berildi. Shifokorlikning turli sohalarining oʻziga xos xususiyatlari: intensivlik va bosiqlik, mehribonlik va sovuqqonlik, izchillik va tezkorlik talab qiluvchi vaziyatlar qiziqarli maʼlumotlar bilan yoritib berildi.
24/10/2024
NOMLI DAVLAT STIPENDIYANI QO‘LGA KIRITISH BO‘YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Qo'qon universiteti Andijon filialida Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi talaba-yoshlar uchun bugun maxsus uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Andijon davlat chet tillari instituti magistranti, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Bibimuxlisa G‘ulomova talabalarimizga nomli davlat stipendiya olish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.
Talabalarimiz uchun foydali bo‘lgan uchrashuvlar davom etadi.
23/10/2024
Universitet delegatsiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasida
Qo‘qon universiteti Andijon filialining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, respublika va xalqaro miqyosida tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida, universitet direktori A.Omonboyev boshlichiligidagi delegatsiya Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib turibdi.
Universitet delegatsiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasiga tashrifi davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
22/10/2024
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarimiz davom etmoqda
Qo‘qon universiteti Andijon filialida 21-oktyabr kuni O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Til yashasa — millat yashaydi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etilgan edi.
Mazkur adabiy-badiiy kecha bugun, 22-oktyabr kuni universitetimiz talabalar turar joyida ham davom etdi. Tillarni o‘qitish kafedrasi va universitetimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan yoshlarga tilimizning rivoji hamda davlat tili qanchalar muhim ekanligini to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Badiiy kecha davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy kuy-qo'shiq va raqslar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.
22/10/2024
Til yashasa — millat yashaydi
Qo‘qon universiteti Andijon filialida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan "Til yashasa — millat yashaydi" shiori ostida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Kecha universitet prorektori B. Axmedovning kirish so'zlari bilan boshlandi. Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy kuy-qo'shiq va raqslar, ona tilimizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.
22/10/2024
O‘zbek tilining o‘ktamlik va boqiylik bayrami
Qo‘qon universiteti Andijon filiali Axborot- resurs markazida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan "Tilga e’tibor - elga e’tibor" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida Pedagogika, psixologiya va filologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari so'z olib, dunyoda har bir xalqning o'z tili uning bebaho boyligi, iftixori ekani, ajdodlarimiz buyuk madaniyat namunalarini, ulkan kashfiyotlar, badiiy durdonalarni ham aynan shu tilda yaratganini ta'kidlab o'tdilar.
22/10/2024
Talabalar uchun kinofilm namoyishi tashkil etildi
Qo'qon universiteti Andijon filiali talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda talabalarning ma'naviyatini yuksaltirish maqsadida rejisyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan "Tutqunlik" badiiy filmi namoyish etildi.
Vatanni sevish, shukronalik hissini uyg'otuvchi, tarbiyaviy jihatlarini o'zida mujassam etgan ushbu film talabalarda katta taassurot qoldirdi.
22/10/2024
Universitet prorektori ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Qo‘qon universiteti Andijon filiali prorektori Botirjon Axmedov mas'ullar bilan birga ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, xonadondagi mavjud kamchiliklar, qiynayotgan muammolarni o'rganish maqsadida talaba-yoshlar holidan xabar oldi.
Prorektor ijara xonadonlarini o'rganishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar yuzasidan xonadon egalariga bartaraf etish bo'yicha kerakli ko'rsatma va o‘z tavsiyalarni berdi.