23/02/2023
Ingliz tilini o'rganish boshlanishida qiyin kechishi mumkin. Ammo bu tilni o‘zlashtirganingizdan so‘ng, tilni o‘rganishga sarflagan kuchingiz va vaqtingiz zoye ketmaganiga amin bo’lasiz. Ingliz tilini yaxshi bilish orqali sayohat qilish yanada qiziqarli va mazmunli bo'ladi. Bundan tashqari, eng so‘nggi Gollivud filmlari yoki Best seller kitoblardan bahramand bo‘lish uchun filmlarni o’z tilingizga tarjima qilinishini kutishingiz shart emas. Yana shuningdek dunyodagi Top darajada turuvchi oliygohlarga qabul qilinishingiz uchun ham sizdan birinchi navbatda Ingliz tili talab qilinadi. Bu borada sizga yordam berish uchun ingliz tilini samarali o‘rganish bo‘yicha ba’zi amaliy maslahatlarni keltirib o’tamiz.
So'zlarni emas, iboralarni o'rganing.
Ingliz tilini yoki boshqa tilni o'rganayotganda, alohida so'zlarni o'rganmasligingiz lozim, chunki ularni yodlash kontekstsiz samarali hisoblanmaydi. Buning o'rniga, siz butun iboralarni o'rganishga harakat qiling. Agar so'zlarning ma'nosini va jumlalardan qanday foydalanishni bilsangiz, ularning ma'nosini yodlash ancha oson bo'ladi.
Tinglash orqali o'rganing.
Darsliklarni o'qish ingliz tilini o'rganishga yordam berishi mumkin bo'lsa-da, faqat ularga tayanmaslik kerak. Darsliklar grammatika va lug'atni o'rgatish uchun juda yaxshi, ammo muloqot qilishga kelganda ular juda ham yordam bermasligi mumkin. Agar siz ingliz tilida gapirishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, turli xil hikoyalar yoki podkastlarni tinglashga ko’proq vaqt ajrating. Ko'proq tinglash orqali siz foydali lug'at va grammatikani hatto tushunmasdan yoki yodlamasdan ham o'rganishingiz mumkin bo'ladi.
Darajangizni aniqlab oling.
Ingliz tilini bilish darajangizni aniqlash har qanday o'rganish rejasini boshlashdan oldin juda muhim, chunki u siz o’qimoqchi bo’lgan dastur turini aniqlaydi. Masalan, Agar sizning darajangiz o'rta yoki undan past bo'lsa, keng qamrovli ingliz tili dasturi va Upper-Intermediate yoki undan yuqori daraja uchun esa moslashtirilgan o'quv rejasi tafsiya qilinadi. Siz biz bilan o'z darajangizni osongina bilib olishingiz va kerakli maslahatlarni bu yerda bepul bilib olishingiz mumkin.
Miqdor emas Sifatga e’tibor bering.
Har qanday tilni o'rganish haqida gap ketganda, hamma narsa miqdorga emas, balki sifatga bog'liq. Qisqa vaqt ichida o'nlab yangi so'zlarni o'rganish o'rniga, bir so'zni o'rganishga va uni o'nlab marta takrorlashga e'tibor qaratishingiz kerak. Bu sizni ma'lumotlarni eslab qolish uchun ortiqcha azob chekishdan saqlaydi. Bundan tashqari, ushbu strategiya so'z va iboralarning ma'nosini miyangizga chuqurroq joylashtirish imkonini beradi. Natijada, siz ularni osonlikcha unutmaysiz.
Kichik xatolar ustida siqilmang.
Ha, to'g'ri talaffuz qilish muhim, ammo grammatikangizni yaxshilash va yangi lug'atga ega bo'lish ham muhimdir. O'rganishni to'xtatmang va tushkunlikka tushmang, chunki siz so'zlarni yaxshi talaffuz qila olmaysiz deb o'ylashingiz mumkin. Lekin tez orada so’zlarni takrorlash orqali o'zlashtira olasiz. Kuniga bitta yangi so'zni o'rganing va siz bir yilda 365 ta yangi so'zni o'rganasiz. Oz ozdan bo’lsada har kuni biror nima o’rganishni davomiy odat qiling.
Internetdan olingan ma'lumotlar asosida tayyorlandi.