27/12/2021
✅ Bugun 27 dekabrda Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabining barcha pedagoglariga maktabning Maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari Shukurullayev Abdullajon Baxtiyor o'g'li ''Ingliz tili" fanidan mahorat darsi -master klass o'tdi.
✏️ Mahorat darsi mashg'ulotlari davomida o'quvchilarning guruhlar kesimida ishlashini rivojlantirish, erkin fikrlash asosida yangiliklar yaratishga undash va o'quvchilar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'ygan holda yangicha metodlarda darslar tashkil qilish masalalari yuzasidan amaliy ko'nikmalar berildi. Mahorat dars jarayonida pedagoglar jamoasi faol ishtirok etishdi.
23/12/2021
✅Andijon shahridagi Prezident maktabida pedagog-tarbiyachi hodimlar uchun navbatdagi pedagogik kengash bo'lib o'tdi. Kengash ishini maktabimizning Akademik direktori Qaizar Husain va Ijrochi direktori Doniyorbek Ahmadaliyevlar boshqardi.
➡️Pedagogik kengash davomida II-chorak yakuni bo'yicha o'quvchilarni natijalari bilan tanishtirdilar. Yutuq va kamchiliklari muhokama etildi.
⚡️Kengash davomida har bir fan o'qituvchisi o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi va hisoboti hamda "Istiqbol reja"sidagi vazifalari esh*tildi.
17/12/2021
Prezident maktabida imtihon jarayonlari davom etmoqda.
✅ Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida imtihon jarayonlari mahalliy va horijiy o'qituvchilari tomonidan adolatli, shaffof tarzda baholanmoqda. O'quvchilarimizning aksariyati yuqori baho olmoqda.
💡9-blue sinf o'quvchisi Qutbiddinov Abdurahmon Hikmatillo o’g’li
❇️ Matematika fanidan 100% ball natija ko'rsatdi.
17/12/2021
⚡️ Andijon shahridagi Prezident maktabida yosh pedagog hodimlar uchun trening bo'lib o'tdi.
💡Treningda Prezident maktabi direktori Ahmadaliyev Doniyorbek Qambaraliyevich qatnashdi.
⚡️ Trening davomida Yoshlar yetakchisi Azizbek Ismatullayev 2022 o'quv yilini "O'quvchi yoshlarni tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash yili" bo'lish takliflarini kiritildi. Bu borada dastur va rejalar ishlab chiqildi.
16/12/2021
⚡️ Andijon shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan,
🌿 Eng yaxshi "Yashil makon" Videoroliklar tanlovi g'oliblarini taqdirlash bo'lib o'tdi. "Yashil makon" slaydlar tanlovi barcha g'oliblari munosib taqdirladilar.
Shaxmat musobaqasi g'oliblari:
🥇5-green Nurmatov Shuxrat Odilbekovich
🥈7-green Xabibullayev Mirzoortiq Ulug'bek o'g'li
🥉7-blue Abdumutalibov Muxammadali Farxodbek o'g'li
Futbol musobaqasi :
🥇Birinchi o'rin 10-green jamoasi
🥈Ikkinchi o'rin 9-green jamoasi
🥉Uchinchi o'rin 10-blue jamoasi g'olib bo'lishdi.
15/12/2021
✅ Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabiga Agentlikning mas'ul vakillari tashrif buyurishdi.
💡Agentlik vakillari bilan Tarbiyachi-pedagog hodimlar va Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari uchun seminar trening tashkil etildi.
🔸Treningda oʼquvchilarning darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli va samarali oʼtkazish hamda jamiyatda boʼlayotgan oʼzgarishlarga, voqea va hodisalarga, islohotlarga faol munosabatda tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda ommaviy madaniyat taʼsiridan himoya qilishga qaratilgan maʼnaviy-ahloqiy tarbiya ruhini shakllantirish mazmunidagi zaruriy bilimlar va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Mazkur treninglar Agentlikning vakili sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent E'zozaxon Karimova tomonidan olib borildi.
⚡️Uchrashuv so'ngida mehmonlar Prezident maktabi hayoti hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
14/12/2021
✅Andijon shaxridagi Prezident maktabining 10-Blue va 10-Green sinf o'quvchilarini "Computer science" fanida Kahoot platformasi yordamida o'z bilimlarini baholamoqda.
🔹Kahoot platformasi yordamida esa o'quvchilar har xil tanlovlar, viktorina o'yinlari va "Kahoot" testlarini o'tkazish orqali dunyo mamlakatlariga sayohat qilishadi.
14/12/2021
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabining 6-green sinf o‘quvchisi Muslima Kalimulina Respublika miqiyosida o'tkazilgan "National Spelling Bee 2021" tanlovida faxrli 3-o’rinni egalladi.🏆
📗Iqtidorli o'quvchimiz bu tanlovda ajoyib darajada iste'dod, bilim va mahoratni namoyish etdi. Tanlov shartiga ko'ra, lug'at boyligi, til bilish va imlo qoidalari bo'yicha bilimlari sinovdan o'tkazildi.
14/12/2021
# Andijon shahridagi Prezident maktabi.
Prezident maktabida imtihonlar boshlandi.
📘 Prezident Ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida Kembrij o'quv dasturi asosida chorak yakunlari bo'yicha imtihonlar boshlandi. Imtihon belgilangan nizom asosida o'tiladi. Bugun ingliz tili, matematika, biologiya, ona tili va adabiyot hamda zamonaviy yondashuv fanlaridan imtihonlar bo'lib o'tyapti. O'quvchilarning bilim darajalari Prezident Ta'lim muassasalari agentligidan kelgan ekspertlar tomonidan tayyorlangan materiallar asosida sinovdan o'tkaziladi.
📗Quarterly examinations based on the Cambridge curriculum have started at the Presidential School in Andijan under the Presidential Agency for Educational Institutions. The exam is scheduled
09/12/2021
⚡️9-dekabrda Andijon shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlab Futbol musobaqasi o'tkazildi.
⚽️ Sport bilan muntazam shug'ullangan odam jismonan baquvvat va aqlan sog'lom bo'ladi.
🏆 Dastlab, sport zalida saralash bosqichi tashkil qilindi. Shundan so'ng, maktab stadionida asosiy o'yinlar boshlandi. 8-sinf o'quvchilari futbol o'yinlarini boshlab berdi. O'yin yakuniy holati bo'yicha 10-green va 9-green sinf o'quvchilari bellashdilar. O'yin natijasiga ko'ra.
🥇Birinchi o'rin 10-green jamoasi
🥈Ikkinchi o'rin 9-green jamoasi
🥉Uchinchi o'rin 10-blue jamoasi g'olib bo'lishdi.