17/08/2026
📚 1-kurs — ilm yo‘lining ilk qadamlari
Har bir ilm yo‘lining o‘z poydevori bor. Madrasa ta’limining 1-kursida esa bu poydevor Qur’on, aqida, fiqh va arab tilini puxta o‘rganish orqali quriladi.
📖 Qur’oni Karim — Qur’on bilan bog‘lanish va uni to‘g‘ri tilovat qilish uchun.
📗 Mabda’ul qiroat — qiroat asoslarini o‘rganish uchun.
📘 Taysirus-sarf — arab tilining so‘z tuzilishi va sarf qoidalarini o‘rganish uchun.
📕 Aqidai Tahoviyya — yangi sharhi — to‘g‘ri aqida asoslarini anglash uchun.
📙 Miftahul Arabiyya — arab tilini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun.
📔 Fiqhul Muyassar — fiqh masalalarini sodda va tushunarli tarzda o‘rganish uchun.
Bu kitoblarning har biri talabaning ilm yo‘lidagi muhim bir bo‘g‘inidir. Birgalikda esa 1-kurs uchun zarur bo‘lgan ilmiy va diniy poydevorni shakllantiradi.
🌿 Ilm yo‘li uzoq. Ammo har qanday katta yo‘l birinchi qadamdan boshlanadi.
Mezana Ayollar Akademiyasi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun izohlarda + belgisini qoldiring.