26/08/2021
📍Vaqtingizni to'g'ri taqsimlang
Ko'pincha odamlar vaqt yetarli bo'lmagani uchun past bal olishadi. Bu ayniqsa, reading va writing bo'limlari uchun muhim. Readingga 1 soat vaqtingiz bor. Shu bilan birga, 3 ta matn mavjud. Oxirgi matn har doim oldingi matnlardan ko'proq bo'ladi, shuning uchun unga taxminan 25 daqiqa va birinchi 2 tasiga 16-18 daqiqa qoldirish tavsiya etiladi.🔦
Shuningdek, siz 2 ta yozma topshiriqni 1 soatda bajarishingiz kerak. 1- vazifaga 20 daqiqadan, ikkinchisiga 40 daqiqadan ko'p bo'lmagan vaqt sarflash tavsiya etiladi.
📍 Imloviy xatolarga e'tibor qarating
Noto'g'ri yozilgan so'z uchun siz ochko yo'qotasiz! Agar siz imlo xatolariga yo'l qo'ysangiz, javob haqiqiy bo'lmaydi.😯
📍Diqqatli bo'ling!
Listening testi juda qiyin va shunday bo'lishi mumkinki, siz bitta javobni yozganingizda, keyingi javob darhol paydo bo'ladi. Fikringizni jamlang!🤯
Listeningda bir savolni o'tkazib yubordingizmi, vahimaga tushmay - darhol keyingi savolga e'tibor qarating! Agar o'tkazib yuborilgan savolni o'ylasangiz, keyingisini ham o'tkazib yuborishingiz mumkin.🎯
📍Speakingda shoshilmang!
Nutq tezligi natija degani emas. Chunki juda tez gapirsangiz tovushlar aniq talaffuz qilinmaydi, natijada nutqingiz tushunarsiz bo'lishi mumkin.
Shoshilmasdan to'liq javob berishga harakat qiling. Hamda turli xil ovoz tonlari, emotsiyalaringizni ishga soling. Bu bilan tinglovchini nutqingizga qiziqtira olasiz.🤗
❓Siz IELTS imtihonini topshirganmisiz?
Qandey tavsiyalar bera olasiz?