Uzbek Academic Club

Uzbek Academic Club Yaponiyada ta'lim olayotgan magistr, PhD da ta'lim olayotgan talabalar yoki akademik o'laroq ishlayotgan tadqiqotchilar jamoasi! Jamoamizga xush kelibsiz!

🔥🎓 Uzbek Academic Club in Kanto — navbatdagi uchrashuv!Ilmga qiziqqan, o‘zaro tajriba almashish va yangi tanishlar ortti...
02/10/2026

🔥🎓 Uzbek Academic Club in Kanto — navbatdagi uchrashuv!

Ilmga qiziqqan, o‘zaro tajriba almashish va yangi tanishlar orttirishni istagan barchani uchrashuvimizga taklif qilamiz!

📅 10-oktabr
🕚 Soat 11:00
📍 Tokyo chet tillar universiteti
東京外国語大学 — Tokyo University of Foreign Studies

Keling, ilmiy fikrlar va samimiy suhbatlar atrofida birlashamiz! 🍂

Do‘stlaringizni ham taklif qiling!

13/06/2026

✨ Bugun Uzbek Academic Club in Kanto tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ilmiy uchrashuv muvaffaqiyatli o’tdi!

Tadbir davomida:
🇺🇿🇯🇵 O‘zbekiston va Yaponiya munosabatlarida o‘qituvchilarning o‘rni,
☀️ Quyosh energiyasi va elektr tizimi barqarorligi,
👩‍🎓 Gender siyosati hamda “Glass Cliff” nazariyasi

kabi dolzarb mavzularda qiziqarli va mazmunli taqdimotlar tingladik.

Taqdimotchilarimizga ilmiy izlanishlari va foydali ma’lumotlari uchun katta rahmat! Shuningdek, tadbirda ishtirok etib, fikr va savollari bilan muhokamalarni yanada boyitgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

Ilm-fan, tajriba almashish va hamkorlik ruhidagi bunday uchrashuvlar davom etadi. Keyingi tadbirlarda ham ko‘rishguncha!

Uzbek Academic Club in Kanto tadbiriga atigi 12 kun qoldiIlm-fan, tadqiqot va yangi g‘oyalar bilan yashaydiganlar uchun ...
01/06/2026

Uzbek Academic Club in Kanto tadbiriga atigi 12 kun qoldi

Ilm-fan, tadqiqot va yangi g‘oyalar bilan yashaydiganlar uchun navbatdagi uchrashuv yaqinlashmoqda.

📅 13-iyun, shanba 11:00
📍Yokohama Milliy Universiteti – Media Hall

Bu safar sizni quyidagi dolzarb mavzular kutmoqda:

🔹 Yaponiya va Oʻzbekiston munosabatlarining buguni va kelajagi
🔹 Gender siyosati va “Glass Cliff” nazariyasi
🔹 Quyosh energiyasi va elektr tizimi barqarorligi

Bu nafaqat ilmiy taqdimotlar, balki tadqiqotchilar, magistrantlar, doktorantlar va ilmga qiziqqan yoshlar bilan tanishish, fikr almashish va yangi hamkorliklar boshlash imkoniyatidir.

Yana o’zbek dasturxonidan choy ichib ketish imkoniyati ham bo’ladi. 😃

Keyingi ilmiy uchrashuvga tayyormisiz?Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi akademik tadbirga taklif etadi✨📅13-i...
18/05/2026

Keyingi ilmiy uchrashuvga tayyormisiz?

Uzbek Academic Club in Kanto sizni navbatdagi akademik tadbirga taklif etadi✨

📅13-iyun, shanba
📍Yokohama milliy universiteti Media Hall

Bu safar:
— Yaponiya va Oʻzbekiston munosabatlari
— Gender siyosati va “Glass Cliff” nazariyasi
— Quyosh energiyasi va elektr tizimi barqarorligi

kabi dolzarb mavzularda ilmiy taqdimotlar boʻlib oʻtadi.

Ayniqsa, qizlarimizni faolroq ishtirok etishga va ayol tadqiqotchilarimizni qoʻllab-quvvatlashga chorlaymiz.

Batafsil tadbir rejasi keyinroq eʼlon qilinadi.

Bu kitoblarni sotib olib o’qish kerak…
11/04/2026

Bu kitoblarni sotib olib o’qish kerak…

Bugun Kanto hududida “Uzbek Academic Club” tomonidan tashkil etilgan yana bir mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbir Yaponi...
11/04/2026

Bugun Kanto hududida “Uzbek Academic Club” tomonidan tashkil etilgan yana bir mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasida o‘tkazildi va 50 dan ortiq vatandoshlarimiz jam bo‘ldi.

Yaponiyadagi ilmiy muhit tartibli, chuqur va ilhomlantiruvchi. Eng quvonarlisi esa, shu muhitda ilmga chanqoq, izlanayotgan yoshlarimiz tobora ko‘payib borayotgani.

🔹 1-qismda taqdimot interaktiv diskussiya shaklida o‘tdi. Har bir ishtirokchi o‘z fikrini bildirib, jonli muhokama bo‘ldi.

🔹 2-qismda yozuvchilarimiz kitoblari haqida, uni yozishga nima turtki bo‘lgani va asosiy g‘oyalari bilan bo‘lishishdi.

🔹 3-qism esa Gakumon no Susume (“Ilmga chaqiriq”) kitobi tarjimasi taqdimotiga bag‘ishlandi — haqiqiy motivatsiya berdii.

Shunaqa uchrashuvlar insonni yana o‘ylashga majbur qiladi: ilm yo‘li og‘ir bo‘lsa ham, shu yo‘lda yurayotganlar — eng kuchlilar.

Tadbir dasturi
03/04/2026

Tadbir dasturi

Uzbek Academic Club in Kanto uchrashuviga 1 hafta qoldi11-aprel | 11:00Yaponiyadagi O‘zbekiston ElchixonasiKitob muallif...
03/04/2026

Uzbek Academic Club in Kanto uchrashuviga 1 hafta qoldi

11-aprel | 11:00
Yaponiyadagi O‘zbekiston Elchixonasi

Kitob mualliflari va tarjimonlari bilan ajoyib suhbat! Bunday imkoniyat faqat Uzbek Academic Clubda.

✨ Ushbu uchrashuvda siz:

• Yaponiyadagi ta’lim va ilmiy muhit haqida bilib olasiz
• Tajribali mutaxassislar bilan tanishasiz
• Kitob taqdimotlarida ishtirok etasiz

Barchani ushbu ilmiy va motivatsion uchrashuvga taklif qilamiz!

Uzbek Academic Club in Kanto navbatdagi tadbirga sizni taklif qiladiNavbatdagi uchrashuvimiz tadqiqot va yangi kitob taq...
23/03/2026

Uzbek Academic Club in Kanto navbatdagi tadbirga sizni taklif qiladi

Navbatdagi uchrashuvimiz tadqiqot va yangi kitob taqdimoti uyg‘unligida o’tadi.

Tadbir davomida:

• Yaponiyadagi o‘zbek talabalarining ijtimoiy-huquqiy masalalari muhokamasi
• Qiziqarli suhbat va tajriba almashish
• “Salom, Yaponiya” kitobi taqdimoti sizni kutmoqda.

Manzil: Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi

Sana: 11-aprel 11:00

✨Sizni kutib qolamiz!

07/02/2026

Bugun Uzbek Academic Club doirasida navbatdagi ilmiy uchrashuvimiz muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ilmiy muhit, samimiy suhbat va yangi fikrlar bilan boy bo‘ldi.

Birinchi mavzu barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Texnologiya va amaliy yondashuv uyg‘unligi ishtirokchilarni faol muhokamaga chorladı. Aisha mavzuni amalyotga bog’lay olganlari va sodda tilda tushuntirishlariga shunchaki ofarin.

Ikkinchi mavzu esa ko‘pchilikka juda tanish bo‘ldi. “Ha, bizda ham shunday holatlar bo‘lgan” degan fikrlar yangradi va bu mavzu ko‘pchilik uchun foydali tajriba almashuviga aylandi. Diplom ishiga aylangach yana esh*tamiz nasib qilsa.

Uchinchi mavzu esa haqiqiy ilmiy darajada taqdim etildi, nazariya, tahlil va real ma’lumotlar bilan ishlash barchaga katta dars bo‘ldi. To‘liq diplom ishi taqdimoti bo‘ldi. Botirjondek yetuk kadrni ko’rib ko’pchilik havas qildi.

Bundan tashqari, tadbir o‘zaro tanishish, fikr almashish va yangi ilmiy aloqalar o‘rnatish uchun ham ajoyib maydon vazifasini bajardi.

Tadbir yuqori ishtiyoq va iliq muhitda yakunlandi. Oldinda yanada ishtiyoqqa to’la uchrashuvlar kutmoqda.

住所

Minato-ku, Tokyo

ウェブサイト

アラート

Uzbek Academic Clubが新しいニュースやキャンペーンを投稿したら、いち早くメールでお知らせします。メールアドレスが他の目的に使われることはなく、いつでも配信を停止できます。

ショートカット

共有する

カテゴリー