Assalom alaykum hurmatli Vatandoshlar!
"Bilim" O'zbek madaniyat markazi 4-11 yoshdagi bolalarga dars berish uchun o'zbek tili o'qituvchisini ishga taklif qiladi. Agar sizda shunday bilim va qobiliyat bo'lsa iltimos bizga aloqaga chiqing. 07490714810 (whatsapp, telegram)
Rahmat.
Bilim - O'zbek Madaniyat Markazi
Charity Uzbek School, London Charity O`zbek School, London
03/06/2024
Hurmatli Vatandoshlar.
"Bilim" O'zbek Madaniyat markazi o'z faoliyatini yangi o'quv yilidan boshlab davom ettiradi. Markazimizda farzandlarimiz O'zbek tili va madaniyatini o'rganish bilan birgalikda, turli xil qiziqarli to'garaklarga qatnashishlari mumkin. Agar farzandingiz O'zbek madaniyatini o'rganishini, shu bilan birga O'zbek bolajonlari bilan do'stlashishini xoxlasangiz ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
Bizga bog'lanish uchun ro'yhatdan o'ting, qo'shimcha savollar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling.
Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/EdHupt5JsojJ4W959
01/06/2024
Hurmatli Vatandoshlar, 8-9 iyun kunlari Londondagi “Potters Fields” xiyobonida bo'lib o'tadigan O'zbek madaniyati va milliy festivaliga taklif qilamiz!
16/06/2023
03/04/2020
Hurmatli Vatandoshlar va Oʻzbekistonning Doʻstlari!
Biz koronavirusning tarqalishi bilan bogʻliq butun dunyoda va shu jumladan Oʻzbekistonda ham yuzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, O’zbekistonning yordamga muxtoj qatlamlariga pandemiyaga qarshi kurashda ko’mak berish maqsadida Fransiyadagi vatandoshlarimiz boshlagan “O’zbekiston bilan birdamlik” xayriya tashabbusiga, Bilim O’zbek Madaniyat Markazi boshchiligida Britaniyadagi vatandoshlar qo’shildik. Yigʻilgan mablagʻlar tibbiy va ijtimoiy ehtiyojlarga yoʻnaltiriladi.
Agar siz ushbu insonparvarlik loyihasida ishtirok etishni xohlasangiz, Gofundme platformasida ochilgan hayriya yig’inga oʻz hissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz (www.gofundme.com/f/covid19-solidarity-with-uzbekistan).
Mablag’ Bilim O’zbek Madaniyat markazi hisobiga tushadi va O’zbekistondagi ehtiyojmandlarga yuboriladi. Bilim O’zbek madaniyat markazi Britaniyada ro’yxatdan o’tgan tashkilot sifatida kelib tushgan mablag’ va ularni qayerga sarflanganligi haqidagi ma’lumotlarni avvalam bor sizga, undan tashqari Britaniya hukumatiga hisobot berishga majbur. Shuning uchun ushbu loyihaning sarf-xarajatlari va natijalari toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumot hayrityaning facebook sahifasi (www.facebook.com/groups/covid19uz ) orqali sizga taqdim etiladi.
Umid qilamizki, bizning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz aholining yordamga muxtoj qatlamlari va epidemiyaga qarshi kurash jaroyoniga jalb qilingan tibbiyot xodimlarining qiyinchiliklarni yengib o’tishiga hamda odatiy hayot tarziga imkon qadar tezroq qaytishga xissa qo’shadi.
Ushbu tashabbus O’zbekistonning Britaniyadagi Elchixonasi va sizga ma’lum bo’lgan boshqa qator tashkilotlar (The British Uzbek Society, Safenetpay, TezParcel, Uzbeks in Britain va Uzbeks in the UK Facebook guruhlari, Aerotaxi, City Accounts UK, Legal Law, Youmax Ltd va boshqalar) tomondan qo’llab-quvvatlanayapti.
Ushbu chaqiriqqa javob beradigan har bir kishidan minnatdormiz.
COVID19 - Solidarity with Uzbekistan organized by Bilim Uzbek Cultural Centre The whole world is talking about COVID-19, and no one expected a viru… Bilim Uzbek Cultural Centre needs your support for COVID19 - Solidarity with Uzbekistan
11/08/2019
Assalomu aleykum!
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!
Sihat-salomatlik, tinchlik va oilaviy totuvlik, jamiyki ezgu niyatlaringiz amalga oshishiga chin qalbdan tilakdoshimiz!🙏🙏😊😊
Kichkina gruppa o'yin o'ynayapti: Hasina o'ylagan hayvonni topishlari kerak, o'zbek tilida tasvirlab😍😊🤔😅
07/06/2019 Bolajonlarimizni eng yahshi ko'rgan o'yinlaridan biri.🥳🥳😆😆
04/06/2019
Hayit Ayyomingiz muborak bo'lsin!
Xotira va qadrlash kuni muborak bo'lsin!
Click here to claim your Sponsored Listing.
Location
Contact the school
Address
1 Hook Lane
Welling
DA162DJ
Opening Hours
| 4:30pm - 6:30pm |